Krishtianu Ronaldu dam olish uchun Madrid shahriga bordi. Uning Ispaniya poytxatida 5 million funtlik koshonasi bor. Ushbu uyning ijarasi o‘ta katta sanaladi. Sobiq "Real" hujumchisi uchun esa buning ahamiyati yo‘q. 38 yoshli futbolchi "Real"da harakat qilgan paytlari shahardagi katta hovlilardan birida istiqomat qilardi. Qayd etilishicha, superyulduz "Yuventus"ga ketgunigacha, 2018 yilga qadar Madriddagi koshonada kun kechiradi. Ronaldu Manchesterdan ilk bor 2009 yilda Madridga kelgan. U o‘shanda shaharning La Finka deb nomlangan qimmat mavzedan 4.8 million funt evaziga uy sotib oladi. O‘sha uy mashhur me’mor Xoakin Torres tomonidan lohiyalashtirilgan edi. Ayni damda ham yulduz futbolchi Madridda va ӯsha 5 million funtlik uyda yashamoqda.
Yettita yotoqxona, to‘qqizta dahlizga ega bo‘lgan uyda ichki va tashqi cho‘milish havzalari mavjud. Bunday hovuzlardan Ronaldu mashq qilishda foydalanadi. Shuningdek, koshona to‘liq jihozlangan trejnajor zaliga ham ega bo‘lib, unda og‘ir ko‘tarish, cho‘zilish, yugurish uchun alohida seksiyalar mavjud. Bu esa Ronalduning uy ichida ham badantarbiya bilan shug‘ullanishiga imkon beradi. Qolaversa, uydagi katta mebellar jamlanmasi qulaylik uchun, futbolchining didiga ko‘ra joylashtirilgan. Bino tashqarisida, basseyn yonida futbol maydonchasi mavjud. Undan tashqari dam olish zonasi ham tashkil qilingan bo‘lib, u yerda quyoshdan butun tanani bahramand qilsa bo‘ladi. Ronaldu uyda barcha narsani, jumladan eshiklarni masofadan boshqarish imkoniga ega.
Mundo Deportivo bergan xabarga ko‘ra, Ronalduning ushbu uyida yashashni istagan muxlislar moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lishi lozim. Uy oyiga 8.800 funtga ijaraga berilishi aytilgan. Ushbu uyga tashrif buyurgan muxlislardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Gucci do‘konida sotuvchi bo‘lib ishalaydigan bu ayol Netflix'ga bergan intervyusida shunday degan: "Ilk bor Ronalduning bu uyiga kelganimda, hashamatdan uning ichida yo‘qolib qolganman. Oshxonaga suv ichgani bormoqchi edim. Ammo qaysi yo‘l qayerga olib borishini bilmay qoldim. Men mehmon kutadigan xonani topib olish uchun bir yarim soat vaqt sarfladim. Negaki, uy nihoyatda katta edi. Bolaligimdan beri kichkina kvartiralarda yashab umrim o‘tgan, shu sababli bunday joyga kelib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Faqatgina yarim yil yashaganimdan keyingina, bu yerda nima qayerda joylashganligini to‘liq bilib oldim".
Madriddagi bu koshona Ronaldu boyligining bir qismi xolos. Ronaldu hozirgacha o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Madeyrada ikkita hashamatli uy qurdirdi. Turindagi uylari Cheshireda joylashgan bo‘lib, biri 3 million, boshqasi esa 1.4 million funt turadi. Ayni damda 38 yoshli futbolchi Lissabon yaqinidagi Kinta-da-Marinyada yana bir katta koshona qurdira boshladi. Portugaliya afsonasi "An-Nassr"ga o‘tganidan keyin bir muddat Riyaddagi besh yulduzli mehmonxonada yashab turdi. Ayni damda u poytaxt shaharda yuqori darajadagi xavfsizlik tizimiga ega uyga ko‘chib o‘tdi.
ISMATOV J.