Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronaldu va «mitti» terma jamoalar munosabati

Ronaldu va «mitti» terma jamoalar munosabati

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi libosida urgan gollaridan katta qismini chindan ham, «mitti» va «ojiz» termalarga tortiq etgan.

Quyidagi maqola bu ayni haqiqat ekanligini ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, Krish statistikasida alohida tushuntirish talab etadigan tomonlari ham yo‘q emas.

Albatta, ko‘pchilikning xabari bor, Krishtianu Ronaldu mart oyidagi FIFA kunlari terma jamoalar futbolida yangi daraja o‘rnatdi. Ya’ni Yevro-2024 saralashidan o‘rin olgan 2ta o‘yinda Lyuksemburg va Lixten­shteyn termalari darvozasiga 2tadan gol urib, o‘ziga tegishli jahon rekordini ikki karra yangiladi. Endi uning hisobida Portugaliya bosh jamoasi libosida urilgan 122ta gol bor. To‘g‘ri, saralashning dastlabki 2ta turida portugallar ancha «no‘noq» raqiblarga duch kelishdi. Deylik, Lixtenshteyn termasi FIFA reytingida 198-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Lyuksemburg jamoasi 92-pog‘onada. Shuning uchunmi, Ronalduning kuchsiz raqiblarni yoqtirishi haqidagi gap-so‘zlar yana bosh mavzuga ko‘tarildi. Chindan ham, shundaymi?

Maqolaga ilova qilingan tasvirlarga bog‘liq muhim jihat: har bir raqib jamoa­ning o‘yin vaqtidagi reyting darajasi keltirilgan. Oddiy misol bilan tushuntirsak, Ronaldu FIFA reytingi bo‘yicha ham 55-raqamli, ham 1-raqamli Belgiya terma jamoasi darvozasini nishonga olgan.

Krishtianu gollarining umumiy taqsimoti qanday? U milliy jamoadagi 122ta golidan 59tasi (48,4 foizi)ni reyting bo‘yicha kuchli 50talikdagi raqiblarga «tortiq» etgan. 51-75-o‘rinlar oralig‘idagi jamoalar darvozasiga urgan gollari ulushi juda kam. Ammo 55ta gol (45,1 foiz) 75-o‘rin va undan pastda bo‘lgan jamoa­larga qarshi kechgan o‘yinlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Deylik, Ronaldu «poker» bilan «siylagan» Andorra milliy jamoasi o‘sha 2016 yilning oktyabr oyida FIFA reytingida 203-o‘rinni band etib turgandi. Portugaliyalik yulduz andorraliklarga yana 2ta gol «hadya» qilgan, faqat jamoa reytingda 144-o‘ringa ko‘tarilgan pallada.



Umuman, Ronaldu kuchsiz jamoalarga qarshi bahslarda yetarlicha ishtirok etgan. Yevrofutbol elit daraja sifatida maqtalsada, UYEFA hududida «ojiz» termalar juda ko‘p. Raqamlarda aytsak, UYEFAning 21ta a’zosi FIFA reytingida kuchli 50talikdan pastda bormoqda. Shundan 14tasi top-100dan ham tashqarida.



- Krishtianu faqat Lyuksemburg termasi darvozasiga gol uradi! - bu tushnachada nimadir bor, lekin vahimali darajada emas. Gollar taqsimotiga qarasak, Krishdan eng ko‘p gol qabul qilgan 5ta raqibning 2tasi top-50, yana 2tasi top-100dan tashqarida (jamoalarning FIFA reytingidagi o‘rtacha pozisiyasi hisobga olingan). Lekin shuning barobarida Ronaldu uchun sevimli raqiblar orasida top-50ga mansub Shvesiya termasi ham bor. To‘g‘ri, uning uchun eng qulayi chindan ham, Lyuksemburg termasi: 11ta o‘yinda 11ta gol. Aytish o‘rinli, oxirgi yillar ushbu mitti jamoaning omadi sira yurishmayapti. Har holda qatorasiga 3-marta Portugaliya milliy jamoasi guruhiga tushdi (lyuksemburg­liklar Yevro-2020 va JCH-2022 saralashida ham Ronalduga raqib bo‘lishgandi).

BONUS

Taqqoslash uchun aytsak, Janubiy Amerikada faqat Venesuela (55-o‘rin) va Boliviya (82-o‘rin) termalari FIFA ro‘yxatining ancha pastki qatorlarida. Shuning uchun, Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi gollari kesimini ham ko‘rib chiqish kerak. Leo 102ta golidan 56tasi (56,6 foizi)ni FIFA reytingi bo‘yicha kuchli 50talikdagi raqiblar bilan bahslarda nishonlagan. Yana 19ta goli 51-75-pog‘onalar oralig‘idagi jamoalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 16.04.2023.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.