Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

"Manchester Yunayted"da jarohatlardan iborat butun boshli jamoa yuzaga keldi

"Manchester Yunayted"da jarohatlardan iborat butun boshli jamoa yuzaga keldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" top-5 ligadagi klublar orasida joriy mavsumdagi o‘yinlar soni bo‘yicha yakka peshqadam. Erik ten Xag jamoasi to‘rtta turnirda qatnashdi, uchtasida o‘ynashda davom etmoqda. Bunday qizg‘in taqvimning salbiy tomoni: o‘yinlar orasidagi zichlik tufayli jarohatlar. Oxirgi tur oldidan “Manchester Yunayted” Rafael Varanni yo‘qotdi, bungacha Lyuk Shou va Markus Reshford jarohat olishdi. Yevropa ligasi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘yin oldidan Skott Maktominay maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi va Lisandro Martines o‘yinda jarohat oldi. Ten Xag uchun eng muhim himoyachi operasiya qilinadi va bu mavsumda maydonga tushmaydi.

"Nottingem Forest" bilan o‘yin oldidan esa Shouning chap qanotdagi sherigi Tirell Malasia tarkibdan tushib qoldi, Marsel Zabitser esa chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida noqulaylikni his qildi.

Natijada, "Yunayted" hozirda mavjud bo‘lmagan futbolchilarning butun boshli tarkibiga ega.

Tom Xiton: zaxira darvozaboni, yo‘qotish unchalik muhim emas. Uning zaxiradafi o‘rnini Jek Batlend egalladi.

Tirell Malasia: Chap qanotda ikkinchi tanlov. Ten Xagning tushuntirishicha, Malasia butun hafta tizzasida og‘riqni boshdan kechirgan.

Rafael Varan: May oyi boshiga qadar safdan chiqdi, ya’ni u besh yoki oltita o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Endi Xarri Maguayr butun dunyoga u haqida noto‘g‘ri fikrda ekanliklarini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Lyuk Shou: U “Nottingem”ga qarshi o‘yinda qaytishi mumkin edi, lekin qaydnomaga kiritilmadi.

Lisandro Martines: "Sevilya"ga qarshi o‘yinda oyoq suyagi singan, operasiya bo‘lishi mumkin. Argentinalik himoyada ham, hujum yaratuvchisi sifatida ham juda muhim edi.

Skott Maktominay: Balki u "Sevilya" bilan javob o‘yiniga tayyor bo‘lar. So‘nggi o‘yinlarda Maktominay o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi.

Marsel Zabitser: So‘nnggi o‘yin oldidan o‘zini noqulay his qilgan.

Donni van de Bek: yanvar oyida tizzasidan jarohat oldi, hozir to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi, lekin hali ham maydonga tushishga umid yo‘q.

Alexandro Garnacho: Mart oyi boshida Garnacho jarohat oldi. Mavsum oxirigacha uning tuzalishi kutilyapti, ammo formaga kirishga ulgurmasa kerak.

Markus Reshford: Hujumkor yetakchi va umuman, joriy mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, “Sevilya” va “Nottingem” bilan bo‘lgan o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan, lekin Yevropa ligasi javob o‘yiniga qaytishi kerak.

Ten Xag bunday vaziyatda nima dedi?

“Har bir klub asosiy o‘yinchilarni yo‘qotishga tayyor turishi kerak. Har qanday murabbiy eng kuchli tarkibni ko‘rishni istaydi, ayniqsa mavsum oxirida, lekin buning imkoni bo‘lmaganda, boshqa futbolchilar o‘yinni tark etgan futbolchilarni almashtirishi kerak.

O‘tgan hafta siz kim gol urishini so‘ragan edingiz, "Sevilya"ga qarshi o‘yinda Zabitser ikkita gol urdi. Siz Kazemirosiz o‘ynay olasizmi, deb so‘ragan edingiz va biz “Everton”, “Brentford”ga qarshi o‘yinlarda usiz ham o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Biz bunday vaziyatlarni yengishimiz kerak va buni qilamiz”, deydi jamoa bosh murabbiyi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 00:30, 17.04.2023.
O'qildi: 4493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.