Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Valverde 12 ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Valverde 12 ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Baho:
+ | -

Federiko Valverdening ishi Sport musobaqalari qo‘mitasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Valverde La Liga o‘yinidan keyin stadionning avtoturargohida "Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baenaning yuziga musht tushirgan edi. Ma’lum qilinishicha, mojaroga Baenaning “Real” yarim himoyachisi va uning rafiqasi farzandidan ayrilishi mumkinligi haqidagi so‘zi sabab bo‘lgan.

Keyinroq Baena hujum haqida polisiyaga xabar bergan. "Vilyarreal" yarim himoyachisi Valverde oilasi haqida hech narsa aytmaganini bildirmoqda.

17 aprel, dushanba kuni zo‘ravonlikka qarshi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, uning natijasida Valverde ishini Ispaniya futbol federasiyasining sport musobaqalari qo‘mitasiga topshirishga qaror qilindi.

Ish bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi 19 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. "Real" yarim himoyachisi La Ligada 4 tadan 12 ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Qayd etilishicha, oxirgi ehtiyot chorasi bir yarim oydan keyin ma’lum bo‘ladi.

 

Kiritildi: 17:06, 17.04.2023.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик