Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shahriyor Jabborovda doping moddasi topilgani borasida terma jamoamiz shifokori tushuntirish berdi

Shahriyor Jabborovda doping moddasi topilgani borasida terma jamoamiz shifokori tushuntirish berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborovning doping testida taqiqlangan modda topilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqaldi. Shu bois mutaxassis sifatida izoh qoldirishni ma’qul topdim.

Avvalombor, bu masalada oxirgi nuqta qo‘yilmadi. Chunki doping tekshiruvi uchun futbolchidan o‘yindan so‘ng ikkita maxsus idishga (ma’lum miqdordagi peshob yoki qon) namuna olinadi. Shundan 1-namunada taqiqlangan modda chiqqanda 2-namunaga murojaat qilinadi. Osiyo kubogi doirasida Avstraliyaga qarshi bahsdan so‘ng Jabborovdan olingan namunaning birinchisida futbolchi organizmida oksandrolon sintetik modda elementi topilgani borasida xabar berilgan. Endi 2-namunada ham shu tasdiqlansa, shundan so‘nggina futbolchi haqiqatan ham ushbu taqiqlangan moddani qabul qilgan, deb topiladi.

Xo‘sh, bu modda futbolchimiz organizmiga qanday tushib qoldi. Bir narsa ayonki, Shahriyor bu gormonal vositani atayin iste’mol qilmagan. Gap shundaki, bugungi kunda “sport vitaminlari” nomi ostida turli brendlar o‘z mahsulotlari bilan bozorlarni egallab bormoqda. Ular raqobatda bir-biridan o‘zish uchun turli “nag‘malar” qilishdan tap tortishmayapti. Shulardan biri: mahsulotining ta’sirini kuchaytirish va bu orqali mahsulot sotuvini ko‘paytirish maqsadida uning tarkibiga taqiqlangan moddalardan qo‘shishdir. O‘sha mahsulotlar ustidagi ma’lumot yorlig‘ida ushbu bioqo‘shimcha tarkibida faqat vitamin va bezarar qo‘shimchalar borligi yoziladi xolos, taqiqlangan moddalar aralashtirilgani haqida lom-mim deyilmaydi. Ayniqsa, "tushunarsiz" brend mahsulotlarida. Bu holat haqida xalqaro sport tibbiy tashkilotlari bir necha bor bong urib kelishmoqda. Shu bilan birga oddiy havaskor uchun mo‘ljallangan bioqorishiqlardan farqli o‘laroq, professionallar faqat taniqli brendlarning maxsus sertifikatga ega bioqo‘shimchalaridan foydalanishini tavsiya qilishadi.

Bizning misolda futbolchimiz organizm uchun zarur bo‘lgan oddiy vitamin va bioqo‘shimchalar qorishmasini sotib olgan va katta ehtimol bilan “toza” bo‘lmagan bu qo‘shimchani jamoadagi vitaminlardan tashqari o‘z holicha iste’mol qilgan. Natijada ixtiyoriy sportchi qabul qilishi mumkin bo‘lgan vitaminli qo‘shimcha futbolchimiz uchun “boshog‘rig‘i” bo‘lib turibdi.

Bugungi kunda dunyoning yetakchi klublari, terma jamoalar, jumladan O‘FA faqat maxsus sertifikatga ega brendlar bilan hamkorlik qilib, barcha terma jamoalarni zarur, ishonchli vitamin va energetik qo‘shimchalar bilan ta’minlab kelmoqda. Ammo yoshlarimiz turfa reklamalarga uchib, ko‘p hollarda qo‘shimcha tarzda o‘zlari ham turli vitaminlarni iste’mol qilishayotgani sir emas.

Xullas, ushbu vaziyatda Shahriyorni o‘rinsiz ayblamasligimiz, uning o‘rnida ixtiyoriy sportchi sport vitaminlari biznesidagi “nag‘ma”lar qurboniga aylanib qolishi mumkinligi, professional sportni tanlagan har bir inson bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerakligini aytib o‘tishni joiz topdim. Xullas, barchasi xayrli yakun topishidan umidvormiz.

Abror Pirriyev.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 23:42, 17.04.2023.
O'qildi: 2786 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.