Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman: Indoneziyadan tortib olingan U-20 Jahon chempionati mezbonligi Argentinaga berildi

Rasman: Indoneziyadan tortib olingan U-20 Jahon chempionati mezbonligi Argentinaga berildi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga Argentina mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasman ma’lum qildi.

Musobaqaning sanasi avvalroq aytilganidek, o‘zgartirilmaydi: turnir joriy yilning 20 mayidan 11 iyuniga qadar o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimi 21 aprel kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa Indoneziyada o‘tishi belgilangandi. Biroq FIFA mart oyi so‘ngida mamlakatni mezbonlik huquqidan mahrum qildi. Indoneziyaning ayrim shaharlari o‘z hududiga Isroil terma jamoasini kiritmasligini aytganidan keyin, FIFA avvaliga qur’a marosimini bekor qilgan, keyinroq Indoneziyadan mezbonlikni tortib olgandi.

Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etadi. Osiyo Kubogidagi g‘oliblik orqali yo‘llanmaga ega bo‘lgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi uchinchi savatchadan joy oladi.

Qur’a oldidan savatchalar quyidagi ko‘rinishni oladi:

Birinchi savatcha: Argentina (mezbon), Urugvay, AQSH, Fransiya, Senegal, Italiya;

Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;

Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O‘zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;

To‘rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 04:37, 18.04.2023.
O'qildi: 3032 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик