Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Hududlarda bolalar-o‘smirlar hamda ommaviy futbolidagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi

Hududlarda bolalar-o‘smirlar hamda ommaviy futbolidagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hududlarda ommaviy, professional hamda bolalar futbolini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘FA rahbariyati, hududiy futbol assosiasiyalar vise-prezidentlari, assosiasiya tizimidagi mas’ul mutaxassislar, akademiya rahbarlari hamda klublar vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga to‘xtalib o‘tib, mazkur hujjat barchaga katta mas’uliyat yuklashini ta’kidladi. Futbolning eng quyi qismidan to yuqori pog‘onalarigacha barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan qarorning ijrosini ta’minlash, futbolni rivojlantirishning yangi tizimini ishga tushirishda barcha birdek faol va fidoyi bo‘lishi shartligini qayd etdi.

Kun tartibiga ko‘ra, dastlab qarordan o‘rin olgan bir qator yo‘nalishlar, xususan, infratuzilma, hududiy bolalar ligalari, murabbiylar ta’limi, maydonlar, hakamlar, ayollar futboli hamda media va marketing yo‘nalishi bo‘yicha oldinda turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi. Joylardagi futbol akademiyalari faoliyati, turli yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish ko‘rsatkichlari tahliliy ma’lumotlar asosida muhokama etildi.

Bundan tashqari, bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirishda musobaqalarni doimiy o‘tkazib borish, bu borada bog‘cha — maktab — mahalla — oliygoh bosqichlarida “Charm to‘p”, “Mahallada futbol”, “Maktablar ligasi” va “Talabalar ligasi” kabi turnirlarni tizimli tashkil etib borish zarurligi aytildi.

BO‘SM va akademiyalarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, murabbiylarning salohiyatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi, farmakalogiyasi, hamda chet tillarini o‘rganishlari, sanitariya yuzasidan mas’ullarga topshirilar berildi.

Hududlardagi mutasaddilar va yig‘ilish ishtirokchilari yechimini kutib turgan bir qator masalalar hamda ayrim vazifalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib borilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 18:02, 18.04.2023.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик