Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vadim Abramov: «Kubok bahslari – yaxshi saviyaga ko‘tarilish uchun eng qisqa yo‘l»

Vadim Abramov: «Kubok bahslari – yaxshi saviyaga ko‘tarilish uchun eng qisqa yo‘l»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasida Samarqandda o‘tgan «Dinamo» — «Qizilqum» (1:0) o‘yinidan keyin Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Birinchi bo‘limda kutilgan o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa nisbatan mazmunli o‘yin namoyish etdik. Raqib Superliga jamoasi bo‘lsa-da, ulardan hech bir jabhada qolishmadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda yana gollar kiritish uchun vaziyatlarimiz bo‘ldi. Gol o‘tkazib yuborganimiz ham xursand qildi. Umuman olganda, natijadan qoniqdim, o‘yin bo‘yicha hali ishlash lozim, to‘liq o‘yinni ikkinchi bo‘limdagidek o‘tkazish kerak.

— Tanaffusdagi uchta o‘zgarishdan keyin jamoa hujumkor o‘yin uslubiga o‘tdi. Bu o‘yin oldi rejangiz edimi?
— Yo‘q, gap shundaki himoya va maydon markazidan hujumga to‘g‘ri o‘ta olmayotgandik. O‘zgarishlar esa shu jihatdan to‘g‘ri o‘ynashimiz uchun foydali bo‘ldi.

— Bugungi o‘yinda aynan nima sizga yoqmadi, nimadan qoniqmadingiz?
— Birinchi bo‘limda himoyadan hujumga o‘tishda yomon harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda xatolar to‘g‘rilandi, tarkibdagi aksariyat yosh o‘yinchilarga ham imkoniyat berdik.

— «Orol» jamoasi ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Jamoangiz 3-4 kun ichida tiklana oladimi?
— Shunga umid qilamiz. Ha, 4 kundan keyin «Orol»ga qarshi o‘yin. Puxta tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.

— «Dinamo» so‘nggi yillarda kubok bahslariga jiddiy e’tibor qaratmayotgandi. Aytingchi, bu mavsum O‘zbekiston kubogida qandaydir vazifa qo‘yilganmi?
— Eng avvalo, biz guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Shundan keyin vazifalar haqida gapirish mumkin. Kubok bahslari – yaxshi saviyaga ko‘tarilish uchun eng qisqa yo‘l. O‘ylaymanki, turnirda ishtirok etayotgan va zafar quchayotgan har qanday jamoa o‘sha musobaqada g‘olib chiqishni istaydi. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Buni qanchalik uddalay olishimizni vaqt ko‘rsatadi.

— O‘tgan mavsum himoyadagi muammolar haqida takror va takror gapirgan edingiz. Bu muammoni bartaraf eta oldingizmi, himoyadan ko‘nglingiz to‘qmi?
— Chempionat va kubok o‘yinlarida so‘nggi bahslarda o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubormadik, demak hozircha ko‘nglim to‘q.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:56, 18.04.2023.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.