Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

"Bavariya" qutirgan "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Uchta to‘p farqini "nemis mashinasi" yo‘qqa chiqara oladimi? (prevyu)

"Bavariya" qutirgan "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Uchta to‘p farqini "nemis mashinasi" yo‘qqa chiqara oladimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

"Bavariya" bugun YECHLning chorak-finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Bu juftlikning birinchi o‘yindagi natijasi hammaga ma’lum. Shu sababli, bugungi mezbonlar uchta gol farqini yo‘qqa chiqarishga urinib ko‘rishlari kerak. Agarda "Etihad"dagi 3-0 yo‘qqa chiqarilmasa, ko‘pchilikda turli xil savollar yuzaga kela boshlaydi. Shulardan biri, "Bavariya" rahbariyatining nega mavsumni o‘rtasida, hech qanday sabablarsiz Yuliyen Nagelsmanni ishdan olib, o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelganidir. Myunxenliklar shunday ahvolda turgan bir paytda, ularning raqibi – "Manchester Siti"! Bu jamoa hozirga qadar yo‘lida uchragan klubni yakson qilib o‘tmoqda. Gvardiola joriy mavsumda YECHL va APL chempionligini ko‘zlagan. Quyida "Bavariya"ning "shaharliklar"ga qarshi javob uchrashuviga oid ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Bahs qayerda o‘tkaziladi?

Joy: Myunxen, Germaniya
O‘yingoh: Allianz Arena
Vaqt: 19 aprel, chorshanba
Start: 20:00 mahalliy vaqt bilan, 00:00 Toshkent vaqti bilan
Hakam: Kleman Tyurpen (Fransiya)
VAR: Jerom Brisar (Fransiya)

O‘zaro o‘yinlar
"Bavariya"da 2 ta g‘alaba
"Manchester Siti"da 3 ta g‘alaba
Durang: 0 ta
Umumiy 5 ta.

Jamoalar holati (so‘nggi 5 ta o‘yinda)
"Bavariya" – 2 ta mag‘lubiyat, 2 ta g‘alaba, 1 ta durang
"Manchester Siti" – 5 ta g‘alaba

"Bavariya" haqida

Sadio Mane bitta o‘yinlik chetlatishdan keyin maydonga tushishi mumkin. Bu taqiq unga o‘z jamoadoshi Leroy Saneni yuziga urganidan keyin berilgan edi. Ammo senegallik hujumchi maydonga tushadimi yoki yo‘q, bu boshqa masala. Tomas Tuxel hujumda yangi qurolga ega bo‘ladi. Qayd etilishicha, Erik Shupo-Moting mashg‘ulotlarga qaytgan. 34 yoshli hujumchi dushanba kuni jamoa bilan birga edi. U "Bavariya"ning uchta to‘plik ehtiyojini qondirishda yordam berishi mumkin bo‘ladi. Darvozabon Manuel Noyer va himoyachi Lukas Ernandes esa hali ham jarohatda.

Jamoaning taxminiy tarkibi
Darvozada: Yann Zommer;
Himoyada: Pavar, Upamekano, De Ligt, Devis;
Tayanchda: Kimmix Goreska;
Yarim himoyada: Koman, Musiala, Sane;
Hujumda: Shupo-Moting (4-2-3-1)

"Manchester Siti" haqida

Fil Foden jamoaning yagona lazaryatdagi futbolchisi bo‘lib qolmoqda. Hujumchi ko‘richagini oldirib tashlagan edi. So‘nggi xabarlarda Foden ham mashg‘ulotlarga qaytgani aytiladi. "Lester" bilan APL o‘yinida hisob-kitob tugagach, Xoland va Rodri ertaroq zaxiraga olingandi. Bu orqali Gvardiola ularni bugungi o‘yin uchun saqlab qo‘ygan.

Jamoaning taxminiy tarkibi
Darvozada: Ederson;
Himoyada: Akanji, Dias, Ake;
Tayanchda: Stounz, Rodri;
Yarim himoyada: Silva, Gyundogan, De Bryuyne, Grilish;
Hujumda: Xoland (3-2-4-1)


"Bavariya" odatda o‘z uyida juda yaxshi o‘ynaydi va o‘ziga kerakli natijani qayd eta oladi. Qolaversa, so‘nggi o‘yinlarda "Siti" himoyasi oqsamoqda. Ammo nemis klubning bugungi vazifasi ular uchun ortiqchalik qiladi. Hisob buni ko‘rsatmayotgan bo‘lsada, bu juftlikda hali intriga saqlanib turibdi. Hammasi maydonda hal etiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" va "Manchester Siti" bahsini bugun 00:50 dan boshlab SPORT TV telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 08:29, 19.04.2023.
O'qildi: 2061 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.