Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" Frimpongning vakillari bilan uchrashdi

"MYU" Frimpongning vakillari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Bayer"ning o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpongni qo‘lga kiritish yo‘lidagi harakatini davom ettirmoqda. Jurnalist Samuell Lakxyorstning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" yaqinda niderlandiyalik futbolchining vakillari bilan transfer muzokaralarini o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Frimpong "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagga juda yoqadi, uning fikricha, Jeremi "mankunianliklar" himoyasining o‘ng qanotini kuchaytira oladi. Oldinroq niderlandiyalik futbolchining o‘zi ham o‘tishga ochiq ekani xabar qilingandi.

Frimpong joriy mavsum Germaniya Bundesligasida 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli himoyachi boshqa top-klublar uchun ham qiziq, ammo hozircha bu transfer uchun “Manchester Yunayted” favorit hisoblanadi.

Kiritildi: 14:59, 19.04.2023.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик