Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" "Olimpiya" darvozasiga to‘rtta gol kiritdi

O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" "Olimpiya" darvozasiga to‘rtta gol kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" “Olimpiya” mehmoni bo‘ldi. Mazkur bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytib, “lochinlar” yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yindan oldin konsert dasturi va tadbir o‘tkazildi. Tadbirni taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev olib bordi. Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov va O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevlar ishtirok etishdi.

Bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuvning 1-bo‘limida ustunlik Samvel Babayan shogirdlari tarafida bo‘lsada, mezbonlar himoyani mustahkam ushlagan holda, tajribali raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Jumladan, “lochinlar”ning hujumlaridan birida Farrux Ikromovning zarbasidan so‘ng, to‘pni mezbonlar posboni Jahongir Bo‘riyev qaytardi. Namanganliklar tomonidan uyushtirilgan yana bir hujumda esa mezbonlar himoyachisi darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Nihoyat, 32-daqiqada “lochinlar” hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘sha vaziyatda mezbonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Asadbek Sobirjonovga nisbatan qo‘pollik ishlatishgani uchun uchrashuv bosh hakami Akmal Rahimov “Olimpiya” darvozasiga penalti belgiladi. Penaltini esa Shohruz Norxonov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 0:1.
Natijada "Navbahor" tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketdi.
Uchrashuvning 2-bo‘limini faol tarzda boshlagan Samvel Babayan shogirdlari 56-daqiqada hisobdagi farqni oshirishdi. O‘sha vaziyatda Luka Chermelning chap qanotdan uzatgan to‘pini zaxiradan maydonga tushirilgan Temurxo‘ja Abduxoliqov ajoyib zarba bilan darvozaga "mixlab" qo‘ydi - 0:2.
Tajribali raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilgan Shavkat Mullajonov shogirdlarining kam sonli hujumlari 78-daqiqada samara berib, Navro‘zbek Iminjonov hisobdagi farqni qisqartirdi – 1:2.
Oradan 3 daqiqa vaqt o‘tar-o‘tmas, “lochinlar” hisobdagi farqni yana oshirishdi. O‘sha vaziyatda zaxiradan mayonag tushirilgan Oston O‘runov mezbonlar darvozaboni Jahongir Bo‘riyev bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan holda. to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi -1:3.
Uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida Oston O‘runov mezbonlar posboni Jahongir Bo‘riyev qaytargan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, o‘z “dubl”ini nishonlagan holda, yakuniyhisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi - 1:4.
Shu tariqa, tajriba o‘z so‘zini aytib, "Navbahor" kubok bahslarini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston kubogi. “F” guruhi. 1-tur
“Olimpiya” – “Navbahor” - 1:4 (0:1)
19 aprel. ROPSTTM stadioni. Toshkent
Hakamlar: Akmal Rahimov, Sardor Hakimov,Jasur Tursunboyev, Davronbek Akmalov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
O‘zPFL komissari: Bekzod Aripov.

Gollar: Navro‘zbek Iminjonov (78) - Shohruz Norxonov (32-pen.), Temurxo‘ja Abduxoliqov (56), Oston O‘runov (81,90+2).

Olimpiya”: 16.Jahongir Bo‘riyev, 4.Behruzjon Jumatov (s), 7.Davron Sulaymonov, 9.Muhammad Mansurov, 17.Abdurahmon Abdullayev, 20. Xusrav Xananov, 22.Samandar Qodirov, 24.Abdulloh Mirkomilov, 29. Behruz Shukurullayev, 30.Navro‘zbek Iminjonov, 66.Behruz Karimov.

Zaxiradagilar: 13.Otabek Tursunpo‘latov, 2Abduvakil Hikmatullayev, 5.SHahriyor Rustambekov, 6.Zafar Bahodirov, 8.Abdulboriy Ma’rufjonov, 10.Oybek O‘rmonjonov, 11.SHohruh Eraliyev, 27.Ozodbek Mamajonov, 77.Abdulvosid Mahmudov.

Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov (s), 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 9.Farrux Ikromov, 11.SHohruz Norxonov, 17.Abrorbek Ismoilov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 31.Luka Chermel, 77.Asadbek Sobirjonov, 98.Davronbek Olimjonov.

Zaxiradagilar: 46.Xurshid Xo‘jayev, 7.Oston O‘runov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 21.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 27.SHahboz Jo‘rabekov, 33.SHodiyor Shodiboyev, 69.SHerzodbek Abdulboriyev, 88.Ozodbek O‘ktamov.

Kiritildi: 19:44, 19.04.2023.
O'qildi: 2619 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.