Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bo‘lajak top-kouchlarni qarshi oling!

Bo‘lajak top-kouchlarni qarshi oling!

Baho:
+ | -

Futbolda murabbiy doimo muhim rol o‘ynagan. Nafaqat jamoa, balki klubning ravnaqi ko‘p jihatdan shu mutaxassisga bog‘liq.

Taniqli murabbiylarni doimo muhokama qilishadi, tanqid ostiga olishadi va ko‘pincha, lavozimidan chetlatishadi. Ular doimiy e’tibordalar. Biroq navqiron va tanilib ulgurmagan, ammo o‘z vazifasini risoladagidek uddalayotgan murabbiylar ham yo‘q emas. Marhamat, joriy mavsumni talab darajasida o‘tkazayotgan yosh murabbiylar bilan tanishing.

Rud van Nistelroy («PSV»)

Niderlandiyalik afsona 2012 yilda butsalarini mixga ilib, 2 yillik tanaffusdan keyin ishlash uchun milliy terma jamoaga yo‘l oldi. 2016 yilda u o‘zi to‘p surgan «PSV»ga qaytib, yoshlar jamoalarida saboq berdi. O‘tgan yil iyulida esa «MYU» va «Real»ning sobiq hujumchisi asosiy jamoa tizginini o‘z qo‘liga oldi. Hozircha, ishlari chakki emas. «PSV» vaqti-vaqti bilan o‘z o‘yinchilarini sotib turishi jamoa natijalariga ta’sir etishi tabiiy hol. Masalan, qishda «qizil-oqlar» Kodi Gakpo va Noni Maduekeni sotib yuborishdi. Aslida, murabbiy ular bilan xayrlashmoqchi emasdi. Shunga qaramasdan, van Nistelroy shogirdlari ichki chempionatda yetakchi uchlikda borishmoqda, milliy kubok musobaqasida yarim finalga chiqishdi va sovringa da’vogarlik qilishmoqda. YELda Rud jamoani guruhdan olib chiqdi, ammo «Sevilya» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Xullas, boshlanishi yomon emas, axir u yuksak saviyadagi ligada ishlamoqda.

Maykl Karrik («Midlsbro»)

Futbolchilik davrini faqat ingliz klublarida o‘tkazgan Maykl «Vest Xem», «Suindon», «Birmingem», «Tottenxem» va «MYU» jamoalarida to‘p surgan va mankunianlar murabbiylik shtabidan joy olgandi. U bosh murabbiy maqomida «qizil iblislar»ni 3 marta maydonga olib tushib, 2tasida g‘alabaga erishgan. 2022 yil oktyabridan Karrik «Midlsbro»ni boshqarmoqda. U kelgan paytda jamoa Chempionshipda 21-o‘rinda borayotgandi. Bunday vaziyatda tajribasi oz bo‘lgan yosh murabbiyga ishonch bildirish qaltis variant edi. Biroq tavakkal o‘zini oqladi. Karrik autsayderga qo‘shni bo‘lgan jamoani sovrindor uchlikka olib chiqdi. Shu ketishda «Boro» elita yo‘llanmasi uchun pley-offda kuch sinashishi, agar «Sheffild»dan 2-o‘rinni tortib olishni uddalasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga chiqishi mumkin. Bo‘sh kelma, Maykl!

Vill Still («Reyms»)

Joriy mavsumga qadar Stillni ham ko‘pchilik tanimasdi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli - chunki u kamtarin «Reyms»dagi kamtarin murabbiylarning biri edi. Lekin endi uni tanimasdan g‘aflatda yurishlikning umuman iloji yo‘q - u butun Yevropaning diqqat markazida! Ijobiy siljishlar bo‘roni o‘tgan yil oktyabrida (aftidan, Midlsbrodan Reymsga yoki aksincha esgandek), rahbariyat autsayderga aylanib qolgan jamoa bosh murabbiyi Oskar Garsiyani iste’foga chiqarganidan keyin keldi. Tabiiyki, bosh murabbiy o‘rnini uning o‘rinbosari - Vill Still egalladi. O‘shanda bu vaqtinchalik o‘zgarish deb qaralgan, ammo hozir hech kim bunday o‘ylamaydi. Boshqaruv tizgini Stillga o‘tishi bilan «Reyms» o‘zining mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini boshlab yubordi. Boshladi, deyishning o‘zi kam, top-chempionatlar vakillari o‘rtasida rekord (18) o‘rnatdi! To‘g‘ri, mazkur muvaffaqiyat «qizil-oqlar» uchun 450000 yevroga tushdi. Yo‘q, kimgadir yoki kimlargadir pora bergandir, deb o‘ylamang. Shunchaki, Vill Stillda Pro lisenziyasi yo‘qligi uchun klub har bir rasmiy uchrashuvdan keyin jarima to‘laydi. Evaziga «Reyms» «autsayderlar» guruhi bilan xayrlashib, 9-o‘ringa chiqib oldi. Rekordchi Still esa endi 30ga (navbatdagi rekord) chiqdi, o‘qishga bemalol ulguradi.

Xabi Alonso («Bayer»)

Alonso doimo namunali futbolchi bo‘lgan. Endi murabbiylikda ham kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda. O‘z davrida «Real Sosyedad», «Eybar», «Liverpul», «Real» va «Bavariya» jamoalari sharafini himoya qilgan Xabi avvaliga madridliklar akademiyasida ish boshladi. Keyin qadrdon «Sosyedad» yoshlariga saboq berdi. U yerdagi 3 yillik faoliyatdan so‘ng, «Bayer» varianti paydo bo‘ldi va yosh mutaxassis Bundesligaga qaytdi. Taajjubki, Alonso ham aynan 2022 yil oktyabrida Karrik kabi qaltis ishga qo‘l urdi - autsayderni qabul qilib oldi. «Dorishunoslar» esa «Bayer»ni yuksak saviyadagi jamoa­larda ish tajribasi bo‘lmagan yosh murabbiyga topshirishdi. Biroq bu safar ham «o‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitirdi» - Xabi turnir jadvali tubidagi jamoani 8-pog‘onaga olib chiqdi, yevrokuboklar hududi atigi 3 «qadam» uzoqlikda. Xabi Alonso faqat Bundesliga bilan cheklanib qolmayapti. Uning rahbarligida «Bayer» YECHL guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunladi, «Atletiko»ni yevrokubok musobaqalaridan mahrum etib, o‘zi YELga yo‘l oldi. Nufuzli turnirda jamoa «Monako» va «Ferensvarosh»dan ustun kelib, chorak finalga chiqdi, yarim final yo‘lidagi to‘siq - Belgiyaning «Sent-Jilluaz» klubi. Qur’a «dorishunoslar»ga kamtarin raqibni ravo ko‘rdi.

Vensan Kompani («Byornli»)

Kompani futbolchilik davrida atigi 3ta jamoa - «Anderlext», «Gamburg» va «Manchester Siti» sharafini himoya qildi. «Shaharliklar» tarkibidagi 11 yillik faoliyatdan so‘ng, belgiyalik futbolchi vataniga qaytdi va «Anderlext»da avvaliga o‘ynovchi murabbiy, keyin bosh murabbiy maqomlarida ishladi. Qadrdon jamoasi bilan o‘tkazgan 90ta uchrashuvda u o‘tgan yildagi Belgiya Kubogi finalidan boshqa maqtashga arziydigan natijaga erisha olmadi. O‘z yurtidagi 2 yillik faoliyatdan so‘ng, Kompani «Byornli»ni elitaga qaytarish maqsadida Angliyaga yo‘l oldi. U yerda ishlari a’lo darajada ketmoqda. Shon Daychdan keyin jamoa yangi bosh murabbiy yetakchiligida yorqin o‘yin namoyish etmoqda, Chempionship turnir jadvalini boshqarib bormoqda va bir oyog‘i bilan APLda turibdi. U yerda Vensanni Xosep Gvardiola kutmoqda, kataloniyalik murabbiy aynan Kompanini o‘z vorisi rolida ko‘rmoqda. Kim biladi deysiz, balki belgiyalik murabbiy chindan ham «Ittihod»ga qaytib qolar. Har holda, Angliyadagi faoliyati futbolchilikdagi kabi muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:15, 19.04.2023.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.