Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

YECHL. «Napoli» — «Milan» o‘yiniga oid rekord va raqamlar

YECHL. «Napoli» — «Milan» o‘yiniga oid rekord va raqamlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida “Milan” safarda “Napoli” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Milan klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:0, 1:1), yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Noxush an’anaga chek qo‘ygan “Milan”

“Milan” jamoasi aprel oyida “Napoli”ga qarshi 3 ta o‘yin o‘tkazdi va hammasida o‘ziga kerakli natijani qayd etdi. Pioli shogirdlari 2 aprel kuni A Seriya doirasida safarda yirik 0:4 hisobida g‘alaba qozondi. 13 aprel kuni Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida 1:0 hisobidagi g‘alabani qayd etgan milanliklar 18 aprel kuni javob uchrashuvida 1:1 hisobida durang o‘ynadi va yarim finalga yo‘l oldi.

“Milan” 16 yil deganda ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi. Milanliklar oxirgi marta 2006/07 yilgi mavsumda bu bosqichga yetib kelgan va musobaqa chempionligini qo‘lga kiritgandi.

“Rossoneri” yettinchi marta Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi va bu borada “Yuventus”ga yetib oldi. “Milan” va “Yuventus” Italiya klublari orasida YECHL yarim finaliga eng ko‘p yetib kelgan jamoalar hisoblanadi.
Xvichaning “quruq” seriyasi davom etadi, Jiru 11 yillik ko‘rsatkichni yangiladi

“Napoli” futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya 6 o‘yindan beri “gol+pas” tizimi bo‘yicha ochko ololmayapti. Gruziyalik futbolchi “Milan”ga qarshi o‘yinda penaltini golga aylantira olmadi. Uning bergan zarbasini darvozabon Mayk Menyan qaytardi. Gruziyalik futbolchi Chempionlar Ligasi joriy mavsumida 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. A Seriyada esa 12 ta to‘p kiritgan va 10 assist qayd etgan.

“Milan” hujumchisi Olivye Jiru 2012 yildan beri birinchi marta penaltidan foydalana olmadi. Fransiyalik futbolchi so‘nggi bor “Arsenal” safida “Koventri”ga qarshi Angliya Liga Kubogi o‘yinida 11 metrlik nuqtadan gol urolmagandi.

Shuningdek, Jiru “Milan” tarkibida 2011/12 yilgi mavsumdan beri Chempionlar Ligasi bir mavsumida 5 va undan ortiq gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Milanliklar safida bunday natijani so‘nggi marta Zlatan Ibrahimovich qayd etgandi.

“Napoli” posboni Aleks Meret Chempionlar Ligasida 2005 yildan beri “Milan” jamoasi tomonidan tepilgan penaltini qaytargan birinchi darvozabon bo‘ldi. So‘nggi marta “Liverpul” posboni Yeji Dudek YECHL finalida “Rossoneri” futbolchisi Andrey Shevchenkoning zarbasini qaytargandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:38, 19.04.2023.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.