Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Prevyu. "Andijon" - "Olimpik"

Prevyu. "Andijon" - "Olimpik"

Baho:
+ | -

"Andijon" bugun O‘zbekiston Kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Bilasiz, “Burgutlar” qur’aga ko‘ra “F” guruhidan joy olgan. “Andijon”dan tashqari bu guruhda “Navbahor”, “Olimpik” va “Olimpiya” jamoalari ham bor.

Kecha ushbu guruhning ilk o‘yinida “Olimpiya” o‘z maydonida “Navbahor”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun esa Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Andijon” Temur Kapadze ustozligidagi “Olimpik”ni qabul qiladi.

Yodingizda bo‘lsa, 3 aprel kuni mazkur jamoalar Superliganing 4-turida Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘zaro kuch sinashishgandi. Yomg‘irli ob-havo ostida o‘tgan o‘yinda Ildar Mamatkazinning 3-daqiqada kiritgan goli evaziga “Andijon” safardan muhim uch ochko bilan qaytgan. Ushbu qarama-qarshilik bilan jamoalarning rasmiy o‘yinlardagi o‘zaro hisob-kitobi boshlangan. Ungacha bu klublar biror marta maydonda to‘qnash kelishmagan.

Shunday ekan, shu oyning o‘zidayoq endi “Andijon” va “Olimpik” ikkinchi bor yo‘llari kesishmoqdalar va bu safar O‘zbekiston Kubogida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 18:00 da boshlanadi.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:33, 20.04.2023.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик