Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

YECHL yarim final juftliklari haqida: Gvardiola yana «Real»ga qarshi, Milan jamoalari 3 marta o‘zaro to‘qnash keladi

YECHL yarim final juftliklari haqida: Gvardiola yana «Real»ga qarshi, Milan jamoalari 3 marta o‘zaro to‘qnash keladi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasida chorak final o‘yinlari ortda qoldi va yarim finalga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Demak, avvalroq tashlangan qur’aga ko‘ra yarim final juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi:

“Real Madrid” (Ispaniya) — “Manchester Siti” (Angliya)
“Milan” (Italiya) — “Inter” (Italiya)

Yarim finalning dastlabki o‘yinlari 9–10 may kunlari o‘tkazilsa, javob bahslari 16–17 may kuniga mo‘ljallangan. Final 10 iyun kuni Istanbulda o‘tkaziladi.

“Real” — “Manchester Siti”

Jamoalar ketma-ket ikkinchi mavsum o‘zaro to‘qnash kelmoqda. O‘tgan mavsumda “Real” yarim finalda “shaharliklar”ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Dastlabki o‘yinda ingliz klubi 4:3 hisobda g‘alaba qozongan, Madriddagi o‘yinda “Real” 3:1 hisobini qayd etgandi.

Umumiy olganda esa bu jamoalar YECHL yarim finalida uchinchi marta to‘qnash keladi. Avvalgi har ikki bellashuv ispan klubi foydasiga hal bo‘lgan.

“Qaymoqranglilar” Chempionlar Ligasi pley-offida ketmagan oltinchi marta APL klubiga duch kelmoqda. Joriy mavsum “Real” “Liverpul” (1/8 final) va “Chelsi”ni (1/4 final) taslim etdi. O‘tgan mavsumda ham “Chelsi” (1/4 final), “Manchester Siti” (1/2 final) va “Liverpul” (final) YECHLning amaldagi chempioniga ro‘baro kelgandi. “Manchester Siti” joriy mavsum pley-off bosqichida Germaniyaning “Leypsig” va “Bavariya” klublarini taslim etdi.

9 may, seshanba | 00:00
“Real Madrid” — “Manchester Siti”

17 may, chorshanba | 00:00
“Manchester Siti” — “Real Madrid”

Dastlabki o‘yin Madridda, javob bahsi esa Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

“Milan” — “Inter”

“Milan” pley-offda “Tottenhem” va “Napoli”ni ortda qoldirgan holda shu joyga qadar yetib keldi. “Inter” esa bundan avvalgi bosqichlarda Portugaliyaning “Portu” va “Benfika” jamoalarini musobaqadan chiqarib yubordi.

Milanning ikki klubi Chempionlar Ligasi tarixida uchinchi marta o‘zaro to‘qnash keladi.

2002/03 yilgi mavsum yarim finalida har ikki o‘yin durang bilan yakunlangan (0:0, 1:1) va “rossoneri” safardagi gol evaziga finalga yo‘l olgandi. 2004/05 yilgi mavsum chorak finalida esa “Milan” dastlabki bahsda 2:0 hisobida yutgan, javob o‘yinida muxlislarning xatti-harakatlari sabab “Inter”ga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozilgandi.

Joriy mavsum jamoalar boshqa musobaqalar doirasida uch marta o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. A Seriya birinchi davrasida “Milan” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, ikkinchi davrada “Inter” minimal hisob bilan zafar quchdi. Italiya Superkubogida esa “Inter” raqibini 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

10 may, chorshanba | 00:00
“Milan” — “Inter”

16 may, seshanba | 00:00
“Inter” — “Milan”

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:01, 20.04.2023.
O'qildi: 5970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик