"Lids Yunayted" hujumchi sotib olishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, "Barselona" tarbiyalanuvchisi Ilyas Axomash "Lids"ga o‘tishga tayyor. 19 yoshli talant doimiy o‘yin vaqti istamoqda.
Shu sabab u Kataloniyani tark etadi. Axomash uchun "Arsenal" ham qiziqish bildirgan. Ammo futbolchining o‘zi asosiy tarkibda imkon beradigan jamoaga o‘tishni istaydi.