Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Lukakuning chetlatilishi bo‘yicha berilgan appelyasiya rad etildi

Lukakuning chetlatilishi bo‘yicha berilgan appelyasiya rad etildi

Baho:
+ | -

Hujumchi Romelu Lukaku "Inter"ga Italiya kubogi yarim finalining "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvida yordam bermaydi.

Italiya futbol federasiyasi Lukakuni birinchi o‘yinda maydondan chetlatish haqidagi apellyasiyani rad etdi. Eslatib o‘tamiz, goldan so‘ng belgiyalik futbolchi "keksa sinyora" muxlislariga imo-ishoralar ko‘rsatib, ularni jim bo‘lishga undagandi. Bu irqchi haqoratlarga javob bo‘ldi, ammo hakam qonun talabiga amal qildi va futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

"Yuventus" va "Inter" o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Javob o‘yini 26 aprel, chorshanba kuni Milanda bo‘lib o‘tadi. Aynan o‘shanda jamoalar mamlakat kubogi finali yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Kiritildi: 18:07, 21.04.2023.
O'qildi: 907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик