Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superkompyuter YECHL yarim-finali ishtirokchilari ichidan g‘olib jamoa nomini taxmin qildi

Superkompyuter YECHL yarim-finali ishtirokchilari ichidan g‘olib jamoa nomini taxmin qildi

Baho:
+ | -1

Superkompyuter "Manchester Siti"ni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining 2023 yilgi versiyasini yutishga eng yaqin jamoa deb hisoblamoqda. Pep Gvardiola jamoasi so‘nggi bir necha yillardan beri g‘alabaga yaqin kelgan, ammo qo‘lga kirita olmagan edi. "Shaharliklar" chorak-finalda "Bavariya" bilan to‘qnash kelib, raqibni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shundan keyin maxsus algoritmga ega qurilma, "Manchester Siti"ni eng yaxshi titul favoriti sifatida taqdim eta boshladi.

Superkompyuter g‘olib nomi taxmin qilish jarayonida bir nechta faktorlarga suyanadi. Ular ichida so‘nggi natijalar, xG ko‘rsatkichlari va mavsumoldi xulosalari jo bo‘lgan. Shundan keyin hamma ma’lumotlar 20 ming marta qayta ishlanadi. Natijada, quyidagi taxminlar hosil bo‘ldi. Unga ko‘ra, "Manchester Siti" klubi 65.75 foiz finalga yetib borish ehtimoliga ega. "Shaharliklar"ning YECHLni yutish ko‘rsatkichi esa 50.25 foizga tengdir.
Madridning "Real" klubi turnirning amaldagi g‘olibi sanaladi. Shunga qaramay, "qirollik klubi"da finalga yetish uchun 34.25 foiz imkoniyat mavjud xolos. Anchelotti shogirdlari musobaqani yutish borasida undan ham kamroq, 22.57 foizga egalik qiladi.

Superkompyuter ikkinchi yarim-final uchun ham verdiktlar keltirgan. Unga ko‘ra, "Inter"da "Milan"ni mag‘lub etib, finalga yo‘l olishga 54.22 foiz imkoniyat mavjud. Bu borada "Milan"ning ehtimoliyati 45.78 foizga teng. Har ikki Milan klubida turnir g‘olibligiga erishish borasida murakkablik mavjud. Superkompyuter italyan gigantlariga bu borada mos ravishda "Inter" uchun 14.65 foiz, "Milan"ga esa 12.53 foiz ishonch bildirgan.
Har ikki yarim-finallar keyingi, may oyida bo‘lib o‘tadi. Final esa 10 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkillashtiriladi.

Garchand eng jiddiy da’vogar sifatidan taxmin qilingan bo‘lsada, "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola mavsumdagi zich o‘yinlar ta’siri sababli o‘z jamoasida holdan toyish kuzatilayotganini tan oldi. U "Sheffild Yunayted"ga qarshi Angliya kubogi yarim-finali oldidan shunday deydi:
"Biz holdan toydik. "Sheffild" bilan qanday o‘ynaymiz, buni bilmayman. Shanba kuni bizni murakkab bahs kutib turibdi. Biz uch yil ketma-ket YECHL yarim finaligacha yetib kelmoqdamiz. Chorak-finalning ikkinchi o‘yinida ancha charchab qolgandik. Upamekano va Koman kabi raqib vakillari bizga katta muammolar tug‘dirdi. Penaltidan foydalana olmadik. Ammo shu voqeaga qadar raqibda bir-ikkita o‘ta yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin edi. Omadli ekanmiz, yaxshi himoyalana oldik. Xoland xatosini tuzatib, gol urdi. Bu turnirda yetarlicha tajribaga ega bo‘ldik. Futbolchilarimiz buni his qilmoqda. Shu sababli "Bavariya"dek jamoaga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Endi esa bizni haqiqiy jang kutib turibdi".

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:22, 21.04.2023.
O'qildi: 14635 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.