Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

"Manchester Yunayted" Erik ten Xag davrida qaqshatqich mag‘lubiyatlarga qanday javob bergan edi?

"Manchester Yunayted" Erik ten Xag davrida qaqshatqich mag‘lubiyatlarga qanday javob bergan edi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xagning "MYU"dagi ilk mavsumi, umumiy olib qaraganimizda yaxshi o‘tmoqda. Ammo uning jamoasi APLda bir necha marta og‘ir mag‘lubiyatlar qabul qilib oldi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoaga Angliya liga kubogi titulini taqdim etgan edi. Qolaversa, "qizil iblislar" ayni damda YECHL yo‘llanmasi uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, ayrim safar uchrashuvlari jamoaning zaif nuqtalarini ko‘rsatib qo‘ydi. Shulardan biri "Sevilya"ga uchralgan 3-0 hisobidagi mag‘lubiyatdir. Bu bahslar ten Xagga qayta qurishni davom ettirish kerak degan signal bermoqda. Quyida "MYU"ning mavsum davomidagi yirik mag‘lubiyatlari va unga jamoaning reaksiyasi qanday bo‘lgani haqida so‘z boradi.

"Brentford"ga – 4-0 (2022, avgust)

Birinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin butun dunyodagi muxlislar "MYU"dan jahli chiqadi. "Brentford" o‘z mehmonlarini birinchi bo‘limdagi 4 gol bilan mag‘lub etgandi. Keyingi o‘yin "Liverpul"ga qarshi bo‘ladi va unda ten xag Maguayr va Ronalduni zaxirada qoldiradi. Oqibatda, Klopp jamoasi 2-1 hisobida dog‘da qoldiriladi. Shundan keyin ketma-ket uchta o‘yinda g‘alabalarga erishilgan edi.

"Manchester Siti"ga – 6-3 (2022, oktyabr)

"MYU" qattiq sinovdan o‘tishi kerak bo‘lganida doimo hamshahari bilan to‘qnash keladi. Manchester derbisida Xoland va Foden xet-trikka erishadi. "Qizil iblislar" esa 6-3 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka javob ajoyib edi. Keyingi, "Everton", "Tottenxem" va "Vest Xem"larga qarshi ketma-ket g‘alabalar qayd etilgan. Kazemiro ana shunday o‘yinlarda jamoa joniga oro kirgandi.

"Aston Villa"ga – 3-1 (2022, noyabr)

"Aston Villa" "MYU"ni o‘z maydonida qabul qiladi. O‘shanda birmingemliklar xavfli zona atrofida joylashgan edi. Ammo maydon egalari yangi murabbiy, Unai Emeri bilan natijalarini yaxshi tomonga o‘zgartira olgandi. Shunday qilib, 1990 yillardan beri "sherlar" ilk marta "MYU"ni taslim etadi. Ana shu o‘yin Krishtianu Ronaldu uchun so‘nggisi bo‘lgandi. Oradan ko‘p o‘tnay, u Pirs Morgan bilan intervyu qilish orqali Manchesterdagi faoliyatiga yakun yasaydi. "Aston Villa"ga mag‘lubiyatdan keyin yana shu jamoa ten Xag oldida paydo bo‘ladi. Ammo bu safar kubok o‘yinida. Shunday vaziyatda "MYU" o‘ch oladi.

"Liverpul"ga – 7-0 (2023, mart)

Chempionlikka da’vo qilayotgan jamoa, birdaniga "Enfild"da sharmandali hisob qayd etadi. Birinchi bo‘limda bitta gol ko‘rgan muxlislar, keyingisida oltitasiga guvoh bo‘ldi. Natijada, mersisaydliklar ashaddiy raqiblarini 1930 yildan beri eng og‘ir mag‘lubiyatga duchor qilgandi. Keyingi o‘yin Yevropa ligasida kechadi va unda "Real Betis" to‘sig‘i yengib o‘tiladi.

"Nyukasl"ga – 2-0 (aprel, 2023)

"Nyukasl" o‘z raqibida liga kubogidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olgan edi. Ikkinchi bo‘limdagi Jo Uillok va Kallum Uilsonning gollari bahs taqdirini hal qiladi. Erik ten Xag jamoasi esa allaqachon chempionlik poygasidan chiqib ketib ulgurgandi. Ha, achinarli muvaffaqiyatsizlikdan keyin, "Manchester Yunayted" bunga "Everton", "Nottingem" va "Brentford"ni yutib, javob qaytardi. Ammo "Sevilya"dan yutqiziq, muxlislar uchun og‘ir bo‘ldi. Bu voqealarning hammasi shuni ko‘rsatdiki, "Old Trafford"da mavsum bo‘yi ikki qadam oldinga, bir qadam orqaga yurilgan va ortiq bunday davom etib bo‘lmaydi. Hammasini o‘nglash uchun esa ten Xag yozda jiddiy ishlarni amalga oshirishi lozim.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:20, 22.04.2023.
O'qildi: 1903 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.