Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Brayton" o‘z futbolchisining transferidan 60 million yevro ishlab olmoqchi

"Brayton" o‘z futbolchisining transferidan 60 million yevro ishlab olmoqchi

Baho:
+ | -

"Brayton" o‘z yarim himoyachisi Aleksis Makallisterning transferidan kamida 60 million yevro ishlab olmoqchi. TyC Sports nashri xabariga ko‘ra, futbolchini sotib olish uchun favoritlar "Manchester Yunayted" va "Liverpul".

Oldinroq Londonning "Chelsi"si boshliqlari ham Makallisterning Enso Fernandes bilan aloqasini tiklash uchun "Brayton" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga tayyorligi xabar qilingandi. Yarim himoyachilar Argentina terma jamoasining JCH-2022 g‘alabasida birga o‘ynashgan.

Yaqinda Makallister yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida "Brayton"ni albatta tark etishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

24 yoshli Makallister 2020 yildan beri "Brayton"da o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda ingliz klubi safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 

Kiritildi: 19:52, 22.04.2023.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик