Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

JCH-2026. Debyutant Kabo-Verde Urugvay bilan ham durangga erishdi

JCH-2026. Debyutant Kabo-Verde Urugvay bilan ham durangga erishdi

Baho:
+ | -

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining "H" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. AQSHning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.

Hisob 21-daqiqada ochildi. Kabo-Verde terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin Lenini mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Urugvayliklar birinchi bo‘lim oxirida vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Avvaliga Maksimiliano Arauxo 44-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Agustin Kanobbio 45+6-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq Kabo-Verde taslim bo‘lmadi. 61-daqiqada Elio Varela gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Urugvay Saudiya Arabistoni bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Kabo-Verde esa Ispaniyadan ochko tortib olib, bahsni 0:0 hisobida yakunlagan.

Guruh bosqichining so‘nggi, 3-turida Urugvay Ispaniya bilan, Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv ham 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati-2026. H guruhi, 2-tur
22 iyun, Mayami (AQSH). «Xard Rok» stadioni
Urugvay — Kabo-Verde — 2:2
Gollar: Lenini, 21 (0:1), Arauxo, 44 (1:1), Kanobbio, 45+6 (2:1), Varela, 61 (2:2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:13, 22.06.2026.
O'qildi: 1903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик