Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

World Boxing kubogi: Erkaklar terma jamoamiz yana yetakchi bo‘ldi

World Boxing kubogi: Erkaklar terma jamoamiz yana yetakchi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan World Boxing kubogining 2-bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yana yetakchilar qatoridan joy oldi. Umumiy jadvalda esa mezbon Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan birinchi, Qozog‘iston 5 ta oltin va 3 ta bronza bilan ikkinchi, 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi esa kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

G‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-90 kg: To‘rabek Habibullayev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-57 kg: Nigina O‘ktamova

Kumush medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-48 kg: Farzona Fozilova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+90 kg: Arman Maxanov
-60 kg: Sitora Turdibekova
-75 kg: Aziza Zokirova.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:42, 21.06.2026.
O'qildi: 4285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик