Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

O‘zbekiston milliy jamoasi Tailanddagi King’s Cup turnirida ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston milliy jamoasi Tailanddagi King’s Cup turnirida ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -

Shu yilning noyabr oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy King’s Cup (Qirol kubogi) xalqaro turnirida Osiyoning to‘rtta terma jamoasi, xususan, O‘zbekiston ham qatnashishi mumkin. Bu haqda Theaseanfootball nashri xabar berdi

Arab ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, musobaqa ishtirokchi jamoalar uchun 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Turnirda qatnashishi kutilayotgan ehtimoliy jamoalar ro‘yxati:

O‘zbekiston (FIFA reytingida 50-o‘rin)
Ummon (79-o‘rin)
Bahrayn (92-o‘rin)
Tailand (94-o‘rin)

“Agar ushbu ishtirokchilar ro‘yxati rasman tasdiqlansa, musobaqa yuqori raqobat ostida o‘tadi. Barcha terma jamoalar ushbu turnirdan Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan qit’a birinchiligi oldidan muhim tayyorgarlik va sinov bosqichi sifatida foydalanishni maqsad qilgan”, deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, 2027-yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi B guruhidan joy olgan bo‘lib, ularga Bahrayn, KXDR va Iordaniya raqiblik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:42, 22.06.2026.
O'qildi: 3401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик