"Arsenal" yarim himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko‘ra, Sporting" futbolchisi Manuel Ugarte London klubi radarida turibdi. Ammo 22 yoshli urugvaylikka erishish oson bo‘lmaydi.
U uchun "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda. Portugaliya tarafi o‘z vakilini 60 million yevroga baholamoqda. APL jamoalari esa uni pastroq narxda qo‘lga kiritishni o‘ylamoqda.