Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

19 yoshli belgiyalik futbolchi uchun APL klublari o‘rtasida kurash boshlandi

19 yoshli belgiyalik futbolchi uchun APL klublari o‘rtasida kurash boshlandi

Baho:
+ | -

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" "Sautgempton" yarim himoyachisi Romeo Laviani o‘z safiga qo‘shib olish uchun astoydil harakat qilmoqda.

"Ko‘klar" allaqachon 19 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, futbolchi uchun qiyin raqobatni yengib o‘tishga harakat qilishgan. "Manchester Siti"ning belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha bandi 2024 yilgacha kuchga kirmaydi. Bungacha futbolchi “shaharliklar”ning U-18 va U-21 jamoalari sharafini himoya qilgan. Lavia o‘tgan yozda 12 million yevro evaziga "Sautgempton"ga o‘tgan edi. “Chelsi”dan tashqari “Liverpul” va “Arsenal” ham belgiyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib borishmoqda va uni keyingi transfer oynasida qo‘lga kiritishni kutishmoqda.

Joriy mavsumda Lavia "avliyolar" safida 29 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 25 million yevroga baholamoqda.

 

Kiritildi: 13:53, 24.04.2023.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик