Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Atletiko" "PSJ" himoyachisiga ko‘z tikmoqda

"Atletiko" "PSJ" himoyachisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyaning "PSJ" jamoasi asosiy tarkibiga kira olmagan markaziy yarim himoyachi Karlos Soler Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. U o‘tgan sentyabr oyida "Valensiya"dan Parijga ko‘chib o‘tgandi.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining transferiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" vakillari allaqachon potensial transfer tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida Karlosning agenti bilan muzokaralarga kirishgan. Mumkin bo‘lgan kelishuv summasi 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Soler joriy mavsumda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:45, 24.04.2023.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик