Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Superkompyuter so‘nggi natijalardan keyin APL yakunini taxmin qildi: "Arsenal" imkonsiz qoladi, Chempionship 1954 yildan beri ilk marta yangi jamoani qabul qiladi

Superkompyuter so‘nggi natijalardan keyin APL yakunini taxmin qildi: "Arsenal" imkonsiz qoladi, Chempionship 1954 yildan beri ilk marta yangi jamoani qabul qiladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida chempion nomi va turnir bilan xayrlashadigan jamoalar so‘nggi, 28 may kuni aniqlanadi. Mamlakatda o‘tkazilgan so‘nggi tur natijalaridan keyin superkompyuter qaytadan ishga solindi. Undan kutilgan va kutilmagan ma’lumotlar olindi. Ayni damda turnir jadvalida, "Arsenal" 32 turdan keyin 75 ochko to‘plagan holda, yetakchilikni ushlab turibdi. Ammo bu jamoa so‘nggi 3 ta turda ketma-ket duranglar qayd etgan edi. To‘pchilarni ta’qib qilayotgan "Manchester Siti"da 70 ochko bor. Ammo ular 30 ta turda shuncha ochko jamg‘arishgan. Bu ikki jamoa kelayotgan chorshanba kuni "Etihad"da to‘qnash keladi.

Maxsus algoritmga asoslangan hisoblash mashinasi APL borasida o‘z xulosalarini qaytadan yangiladi. Taxmin qilishda barcha 20 ta jamoaning mavsumoldi holati, yaqinda qayd etgan natijalari xG kӯrsatkichlari hisobga olinib, yig‘ilgan ma’lumotlar 100 ming marta qayta ishlandi. Chiqarilgan verdiktlar "Manchester Siti" muxlislarini xursand qilishi aniq. Negaki, "shaharliklar" mavsumni 27 g‘alaba, 5.6 ta durang va 5.4 marta mag‘lub bo‘lgan holda yakunlaydi. Shu sababli Gvardiola jamoasi 86.6 ochko jamg‘aradi. Bu esa "Arsenal"nikidan 1.3 ochkoga ko‘proqdir. O‘z navbatida "Arsenal" 85.3 ochkoni 26 g‘alaba, 7.2 durang va 4.8 ta mag‘lubiyat orqali qo‘lga kiritadi.

YECHL uchun beriladigan qolgan yo‘llanmalar "Manchester Yunayted" (72.9) va "Nyukasl" (72.5)ga nasib etadi. Kutilmaganda "Brayton" yana g‘alabali yo‘lga qaytib oladi va bu jamoa mavsum so‘nggida beshinchi pog‘onani band etadi. "Chag‘alaylar" Yevropa ligasiga "Liverpul" bilan yo‘l oladi. Yettinchi o‘rindagi "Tottenxem" esa yangi mavsumdan Konferensiyalar ligasida qatnashishga majbur bo‘ladi.
Turnir jadvalining pastki tomonida hech kim kutmagan voqea sodir bo‘ladi. Kelayotgan besh hafta "Everton" uchun omadsiz kechadi. Bu klub 1954 yildan beri elitada harakat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, liverpulliklar butun APL davrida turnir ishtirokchisi bo‘lib kelgan. Afsuski, Shon Daych boshchiligidagi jamoa 33.4 ochko bilan Chempionshipga yo‘l oladi. Undan bir pog‘ona yuqoridagi (17) "Lids" bor-yo‘g‘i ulardan 0.9 ochko ko‘p to‘plagan holda jon saqlab qoladi.

Liverpulliklarga qo‘shilgan holda "Nottingem" va "Sautgempton" ham turnir bilan xayrlashishi aytilgan. Og‘ir ahvolda turgan "Lester" ham APLda qolishi taxmin qilinmoqda.
Turnir jadvalining markazini "kichik g‘arbiy London-ligasi" deb atasak bo‘ladi. Negaki, 9-11 o‘rinlarni londonliklar band etadi. Xususan, 47.6 ochko bilan "Chelsi" turnirni jadvalning ikkinchi yarmida tugatsa, 10 va 9 o‘rinlarni "Fulxem" va "Brentford" egallaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:18, 24.04.2023.
O'qildi: 7367 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.