Zlatan Ibrahimovich mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin.
"Milan" hujumchisi "Lechche"ga qarshi (2:0) A Seriya o‘yinida qizib olish jarayonida o‘zini noqulay his qildi. Ko‘p o‘tmay, Ibrahimovich klub massajchisi tomonidan tekshirilgan, u oqsoqlanib kiyim almashtirish xonasiga bordi.
Pazzi di Fanta xabariga ko‘ra, Zlatan boldiridagi jarohat tufayli mavsum oxirigacha "Milan"da o‘ynamasligi ehtimoli bor.
Joriy mavsumda Zlatan Ibrahimovich “Milan” safida A Seriyada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.