Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

La liga. Kastelyanos «poker»ga erishgan o‘yinda «Jirona» «Real»ni taslim etdi

La liga. Kastelyanos «poker»ga erishgan o‘yinda «Jirona» «Real»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Bugun Ispaniya chempionatining 31-turiga start berildi. Turning dastlabki o‘yini kutilmagan natija bilan tugadi va unda bir futbolchi tarixiy natija qayd etdi.

Kataloniyaga tashrif buyurgan "Real Madrid" "Jirona" maydonida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Anchelotti jamoasi kutilganidek o‘yinni faol boshladi. Ammo 12-daqiqada mezbonlar chiroyli hujum tashkil etib, hisobni ochishdi. Kastelyanos bosh bilan yaqin masofadan ishg‘ol qildi. Ushbu futbolchining o‘zi oradan 12 daqiqa o‘tib qarshi hujumda "Real"ni yana jazoladi.

Bahsning 34-daqiqasida Asensioning uzatmasidan keyin Vinisius bosh bilan hisobdagi farqni qisqartirdi.

"Real" ushbu goldan keyin tashabbusni o‘z qo‘liga olib, g‘alabaga intilishi kutilgandi. Ammo yana o‘sha Valentin Kastelyanos ikkinchi taymning 45-soniyasida "Madrid" darvozasi uchinchi golni urib ketdi. Goldan ruhlangan "Jirona" yana xavfli hujumlar tashkil qildi va 62-daqiqada mehmonlar darvozani ishg‘ol qildi. Gol muallifi yana o‘sha Kastelyanos! Poker!

"Real" 85-daqiqada Vinisiusning sa’y-harakatlari evaziga bitta javob to‘pini kiritdi. Ammo qolganida "qaymoqranglilar"da vaqt ham, imkon ham qolmagandi.

Shu tariqa, "Jirona" hamyurti hisoblanmish "Barselona"ning chempionligini tezlashtirib yuboradigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Jirona – Real Madrid 4:2 (2:1)
Gollar: 1:0 – 12 Kastelyanos, 2:0 – 24 Kastelyanos, 2:1 – 34 Vinisius Junior, 3:1 – 46 Kastelyanos, 4:1 – 62 Kastelyanos, 4:2 – 85 Vaskes.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, Martines, Xuanpe, Bueno, Migel Gutyerres (Xavi, 89), Rikelme (Reynyer, 89), Romeu, Sigankov (Fernandes, 72), Martin (Artero, 90), Kastelyanos (Stuani, 72).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal (Vaskes, 79), Ryudiger, Militao, Nacho (Kamavinga, 52), Modrich (Tchuameni, 63), Kroos, Valverde, Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo (Mariano Dias, 79).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (37), Martines (43), Militao (65).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:30, 26.04.2023.
O'qildi: 2327 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик