Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 0-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 0-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Gvardiola kelganidan beri "Manchester Siti" APLda "Arsenal"ga bir marta ham yutqazmagan

Gvardiola kelganidan beri "Manchester Siti" APLda "Arsenal"ga bir marta ham yutqazmagan

Baho:
+ | -

Bugun Manchesterda Premyer-liga mavsumi peshqadamlarining o‘yini bo‘lib o‘tadi. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi. Chempionlik uchun kurashda 33-turning markaziy o‘yini nihoyatda muhim: "Arsenal" 75 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Manchester Siti" "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda, lekin zaxirasida ikkita o‘yin bor.

2016 yilning yozida Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri jamoalar Premyer-ligada 13 ta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. "Arsenal" ularning hech birida g‘alaba qozona olmagan – 1 durang va 12 ta mag‘lubiyat.

Bu o‘yinda ham "Manchester Siti" favorit hisoblanadi. "Shaharliklar"ning g‘alaba qozonish imkoniyati 61 foiz, "Arsenal"da esa 17. Durang ehtimoli 22 foiz deb baholangan.

Kiritildi: 16:53, 26.04.2023.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик