Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Shupo-Moting – doimiy erkin agent

Shupo-Moting – doimiy erkin agent

Baho:
+ | -

Kamerun milliy jamoasi hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Motingning shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanayotgan agent Rojer Vittmann­ga qoyil qolish kerak

Qarang, 34 yoshli futbolchining butun faoliyati davomida kuzatilgan barcha o‘tishlar qiymati 0ga teng. Ya’ni u biror klub safiga to‘laqonli transfer asosida qo‘shilmagan.

Aniqroq aytsak, Erik-Maksim hozirga qadar Yevropaning jami 5ta klubi safida o‘ynagan bo‘lsa, ularning har biri bilan erkin agent maqomida shartnoma tuzgan. Faoliyati davomida transferiga eng ko‘p pul sarflangan futbolchilar reytingi o‘z yo‘liga, kamerunlik bunday ro‘yxatda mutlaq autsayderlar qatorida bo‘ladi. Lekin fakt shuki, erkin agent sifatida bitim tuzadigan futbolchi klub oldiga o‘z shart­larini baralla qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ehtimolki, Shupo-Moting ham «Mayns», «Shalke», «Stok Siti», «PSJ» va «Bavariya» bilan kelishuvga erishish jarayonida bundan foydalangandir. Shu ma’noda Rojer Vittmann ishiga qoyil qolish kerak. U har safar kamerunlik mijozi maqbul shartlar (1-3 yillik) asosida kelishuvga erishishini ta’minlamoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:42, 26.04.2023.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.