Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Maksim Shatskix: "Kubok bahsi bo‘lgani uchun futbolchilar erkinroq o‘ynashdi"

Maksim Shatskix: "Kubok bahsi bo‘lgani uchun futbolchilar erkinroq o‘ynashdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix bahs xususida fikrlarini bildirdi.

"Bugungi g‘alabamiz guruhdan chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi. O‘yindan avval reja qilganimizdek ko‘p vaziyatlar yarata olmagandirmiz, lekin 90 daqiqa davomida raqib darvozasi xavf ostida bo‘ldi. "Paxtakor"ning asosiy tarkibi chempionat va kubok bahslarida ham ishtirok etmoqda. Futbolchilar jismoniy jihatdan ko‘p kuch sarflashmoqda, sababi yosh futbolchilar terma jamoa yig‘iniga jo‘nab ketishgan.

Raqibimiz yaxshi tayyorgarlik ko‘ribdi. Ular pressing qilib o‘ynashga intilishdi, lekin biz osonlikcha ushbu bosimdan chiqib keta oldik. Ular bitta golli vaziyat yaratishdi va o‘sha vaziyatda darvozabonimiz jamoani qutqardi, qolgan vaziyatlarni xavfli demagan bo‘lardim. Albatta, chempionat va kubok bahslari o‘rtasida katta farq bor. Misol uchun, bugun yarim final bahsi bo‘lganida, yigitlar o‘yinga boshqa kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rishar edi. Birinchi uchrashuv bo‘lgani sababli biroz erkinroq harakat qildik.O‘yin sifati yomon bo‘lmadi. Muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlashimizga shubha qilmayapman. Bugun birinchi marotaba gol o‘tkazib yubormadik", — dedi Shatskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:07, 27.04.2023.
O'qildi: 1236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.