Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Superkompyuter "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘rtasidagi bahsdan keyin APLning qanday tugashini bashorat qildi. Umumiy manzarada qanday o‘zgarishlar bor?

Superkompyuter "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘rtasidagi bahsdan keyin APLning qanday tugashini bashorat qildi. Umumiy manzarada qanday o‘zgarishlar bor?

Baho:
+ | -

Superkompyuter APLning yakuniy jadvalini taxmin qildi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, "Arsenal" o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urgan. "Manchester Siti" 4-1 hisobida g‘alaba qozonish orqali, londonliklarning umidlariga yakun yasagan edi. Ushbu natijani ham hisobga olgan holda, algoritm mashinasining xulosalari, Mikel Arteta jamoasi uchun o‘ta achinarli bo‘ldi. "Shaharliklar" ayni damda "Arsenal"dan 2 ochko kam to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni band etgan. Ammo Gvardiola jamoasida ikkita zaxiradagi o‘yin mavjud.

Angliyaning amaldagi chempionlari YECHL doirasida yarim finalga yetib kelgan. Ularni oldinda "Real" to‘sig‘i kutib turibdi. Angliya kubogi finali ham manchesterliklarsiz o‘tmaydi. U yerda ikki qo‘shnilar, "MYU" va shaharning "moviy" tarafi to‘qnash keladi. Shunday qilib, "Manchester Siti" joriy mavsumda trebl qayd etish uchun qulay imkoniyat hosil qildi. Superkompyuter esa ularni allaqachon APLda chempion deb hisoblamoqda. Pep Gvardiola jamoasi 38 turdan keyin ikkinchi o‘rindagi "Arsenal"dan 5 ochko oldinda mavsumni yakunlaydi.

Raqamli qurilmaning taxminlarida aytilishicha, kuchli to‘rtlik hozirgi ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni, "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
"Liverpul"ning yaqin orada tiklangan sport formasi esa jamoaga katta yordam beradi deb hisonlanmoqda. Bu orqali mersisaydliklar beshinchi o‘ringacha ko‘tarilib olib, Yevropa ligasi yo‘llanmasini naqd qiladi. Ikkinchi YEL "chipta"si "Brayton" tomonidan egallanishi ehtimol qilingan. Konferensiyalar ligasiga esa "Tottenxem" chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

APLning eng pastki sohasida zichlik ancha yuqori. Taxminlarga tayanilsa, "Sautgempton" qolgan o‘yinlar mobaynida yana olti ochko jamg‘ara oladi xolos. Bu esa "avliyolar"ning hozirgi pozisiyasida qolaverishini anglatadi. "Everton" hali ham Chempionshipga ravona bo‘ladiganlar safidan chiqa olmadi. Xususan, mersisayd klubi mavsumni 19 o‘rinda, 33 ochko bilan yakunlaydi. Bu esa APL uchun yetarli emas albatta. Bashoratda uchinchi baxti qaro jamoa nomi ham aniq aytilgan. Unga ko‘ra, "Nottingem Forest" klubi bir mavsumdan keyin elita bilan xayrlashadi. "O‘rmonchilar" 38 turda 34 ochko jamg‘arib, quyiga ravona bo‘ladi. Ulardan bir ochko ko‘p to‘plagan "Lids" esa ligada jon saqlab qolishi aytilgan.
So‘nggi tur natijalari bizga shunday o‘zgarishlarni taqdim etgan edi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:29, 27.04.2023.
O'qildi: 6296 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.