Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Tottenxem" sharmandali mag‘lubiyati uchun muxlislariga chipta pullarini qaytarib bermoqda. Xo‘sh, har bir APL klubi shunday qilsa, muxlislar qancha pulga ega bo‘lardi?

"Tottenxem" sharmandali mag‘lubiyati uchun muxlislariga chipta pullarini qaytarib bermoqda. Xo‘sh, har bir APL klubi shunday qilsa, muxlislar qancha pulga ega bo‘lardi?

Baho:
+ | -

"Tottenxem" yaqinda "Nyukasl"dan 6-1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Klub sharmandali natijasi sababli "Sent-Jeyms Park"ka tashrif buyurgan muxlislariga sotib olgan chiptalarining pullari qaytarilishini ma’lum qildi. Bu qaror ko‘pchilikda hayrat uyg‘otdi. Xo‘sh, barcha APL klublari o‘z mag‘lubiyatli o‘yinlarida shunday yo‘l tutsa, muxlislar qancha pulga ega bo‘ladi? Boshqacha qilib aytganda, klublar bu mavsum davomida o‘z muxlislaridan necha pul qarz? Quyida shu savolga javob izlab ko‘ramiz.

Kristian Stellini "Tottenxem" tomonidan sharmandali mag‘lubiyati sababli ishdan bo‘shatilgan edi. Bunga "Nyukasl" maydonida, dastlabki 21 daqiqadagi 5 ta gol sabab bo‘lgani, barchaga ayon. Endilikda, o‘sha o‘yin uchun pul sarflagan har bir "Tottenxem" muxlisi moliyaviy kompensasiya oladigan bo‘ldi. Agarda boshqa klublar ham shunday qilganida, kutilmagan hajmlar hosil bo‘lardi. Jumladan, bu mavsumning eng omadsiz jamoalaridan biri bo‘lgan "Sautgempton" 20 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bu mag‘lubiyatli o‘yinlarni ko‘rish uchun jamoa muxlislari yil davomida jami 32.8 million funtlik chiptalarni xarid qilgan. Agarda faqatgina uy uchrashuvlarini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘rtacha 50 funtlik chipta uchun jami, 12 million "avliyolar"ning muxlislardan qarzi bor bo‘lib chiqadi. Negaki, klub 10 marta "Sent-Meri"da mag‘lub bo‘lgan. Qolgan 10 ta safardagi mag‘lubiyatlar uchun "Sautgempton" muxlislari 20 million funtdan ortiq mablag‘ sarflagan.

"Lester Siti" mag‘lubiyatlarga uchrash borasida "Sautgempton" bilan bir xil natijaga ega. "Tulkilar" ham 20 ta omadsiz o‘yin uchun muxlislaridan jami 32 million funt qarzdor bo‘ladi. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini "Vest Xem" band etgan. London klubi 15 ta mag‘lubiyatga ega. Ammo jamoaning stadioni katta va chiptalarning o‘rtacha narxi ham qimmatroqdir. Keyingi o‘rinlarni "Everton", "Bornmut", "Nottingem", "Lids", "Vulverxempton" va "Kristal Pelas" egallaydi. Bu jamoalarning barchasi 20 milliondan ortiq pulni muxlislarga mag‘lubiyatlari evaziga to‘lashi lozim. Kuchli o‘nlikni "Chelsi" yakunlaydi. Bu jamoa mavsum davomida 12 marta mag‘lubiyat alamini totgan. Jamoaning muxlislari bitta chiptani 55 funtdan sotib olgan. Ular yil davomida, umumiy 18 million funtni chiptalarga sarflashgan.

Kompensasiya to‘lovlari jadvalining(yuqoridagi rasm) eng pastki qismi "Nyukasl"dan boshlanadi. Eddi Xau jamoasi 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan xolos. Buning uchun klub 5 milliondan kamroq to‘lasa, bo‘lgani. Beshlikning qolgan qismida "Arsenal", "Manchester Siti", "MYU" va "Brentford" jamoalari mavjud. Ular ham mag‘lub bo‘lgan o‘yinlari uchun chipta xarajatlarining 3 milliondan 5 milliongacha qismini qaytarib berishlari kerak bӯladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:35, 27.04.2023.
O'qildi: 2570 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.