Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Bu nimasi, Udoji?

Bu nimasi, Udoji?

Baho:
+ | -

«Udineze»da porlagan «Tottenxem»ning yangi himoyachisi Destini Udoji ko‘zda tutilmagan va g‘alati ko‘ngilsizlikka uchradi:

 Avtomobili bilan yo‘l bo‘yidagi barga «kirib bordi». Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi bunda shunchaki, boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Sky Sports nashrida yozilishicha, polisiya tekshiruv o‘tkazib, italiyalik futbolchi mutlaqo o‘zida bo‘lgani (umuman ichmagan) haqida bayonnoma to‘ldirdi.

Muhimi, noxush voqelikdan hech kim jabrlanmadi. Yaxshiyamki, noodatiy «avariya» tungi soat 3da ro‘y bergan va bu vaqtda muassasada mijozlar bo‘lishmagan. Bar xo‘jayinlari esa darhol talofat darajasini ma’lum qilishdi. Demak, Udojining mashina bilan kirishi oqibatida 12ta stul, 3ta stol, bir juft soya­bon va 5ta katta gul idishi (10tacha gul bilan) singan. Messaggero gazetasida yozilishicha, zararni qoplash uchun chamasi 3 ming yevro ketadi. «Barga birdan avtomobil uchib keldi. Xuddi bomba portlagandek bo‘ldi. Atigi 1ta soyabon butun qoldi. O‘zi bu jihozlar uncha arzon emas. Yana bir soyabon avtomobil ostida majoqlanib ketdi», - dedi muassasa rahbari. Asosiysi, Destini voqea joyidan qochib ketmadi va zararni qoplab berishdan tashqari, jarima to‘lashga ham rozi. 

O‘zi Destini Udoji kim? Veronada nigeriyalik migrant­-lar oilasida tug‘ilgan futbolchi. U 10 yoshida «Verona» akademiyasida shug‘ullangan. Aytish joiz, Destini bolaligidan «Yuventus»ga muxlislik qilgan va shu klubda o‘ynash orzusida jiddiy shug‘ullangan. Yana bir fakt: Udoji 15 yoshidan Italiya o‘smirlar termalari libosida o‘ynay boshlagan. Chap qanotda to‘p suradigan futbolchi o‘yin uslubi bo‘yicha Ashraf Hakimini eslatadi bir qarashda - tezkor lateral, hujumga ko‘p qo‘shiladi, gohida me’yoridan ortiq hatto. «Yashirib nima qildim, hujumga chiqsam, butun vujudim yayraydi. Jismonan chidamliman, chunki o‘yin uslubim holdan toydirmaydi aslo. Qolaversa, texnik salohiyatim ham chakki emas. Shunday ekan, oldinga o‘tishdan nega tiyilishim kerak?», - degandi futbolchi o‘z intervyularidan birida o‘yini haqida. 

Nigeriyalik «italyan» - joriy mavsum «Udineze» bag‘rida yuz ochgan bosh yulduzlardan biri. Har holda, Udoji «A» seriya start qismini ancha qizitdi. Raqamlarda aytsak, «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 6 ball (3ta gol va shuncha assist) to‘plashga ulgurdi - himoyachi uchun zo‘r natija. Biroq «Udineze» uni yozda o‘z safida olib qololmasa kerak. Binobarin, «Tottenxem» o‘tgan yili 18 mln. yevro bahridan o‘tib, nigeriyalik o‘smirni o‘z tomoniga og‘dirdi. Qisqasi, London klubi Destinini tajriba oshirishi uchun 1 yil muddatga Italiyada qoldirdi. Udojining o‘zi «Milan» vakili Teo Ernandes va «Bavariya» yulduzi Alfonso Devisga havas bilan qarashini yashirmaydi. The Athletic nashrida yozilishicha, «Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte ham italiyalikdan oshkora hayratlangan va uni jahon futbolidagi bosh iqtidorlardan biri sifatida e’tirof etgandi. Udoji endi hushyorlikni oshirsa va bar-kafelarga boshqa «bosh suqmasa», bas.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 28.04.2023.
O'qildi: 1509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.