Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Shuhrat Maqsudov "Paxtakor" akademiyasi direktorligiga tayinlandi

Shuhrat Maqsudov "Paxtakor" akademiyasi direktorligiga tayinlandi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futbol klubining akademisini amaldagi direktori Olim Shokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, akademiyada faoliyat olib borayotgan Shuhrat Maqsudov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan bugun stadionning anjumanlar zalida murabbiylarga yangi direktorga tanishtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda klub rahbariyati ishtirok etdi.

"So‘nggi ikki yilda akademiyamizda qilgan ishlarimiz ortidan ancha saviya ko‘tarildi. "Paxtakor" hamisha o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanib kelgan jamoa, biz bu sifatini oshirish uchun maxsus loyiha ustida ish olib boryapmiz. Akademiyaga qo‘shimcha maydonlar kerak va bu klubning bosh vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Undan tashqari, Chilonzordagi bazamizdagi sun’iy maydonni zamon talablariga javob beradiganiga almashtirish va homiylarimiz ko‘magida Qibraydagi sport majmuamizda qo‘shimcha tabiiy maydonlarni qurib, uni yoshlar ixtiyoriga topshirish. Mana, stadion ichidagi "shaxmatka" deb nomlanadigan maydon yangilandi. Ko‘rib turganingizdek, oldimizda katta ishlar turibdi, bu borada Sizlar bizga yordam berishingiz kerak", - deydi "Paxtakor" FK rais o‘rinbosari Dilshod Karimov.

Shuhrat Maqsudovga 1 oy muddat ichida, akademiya istiqboliga bag‘ishlangan katta dasturni ishlab chiqib, uni klubga taqdim qilish borasida vazifa yuklatildi. Bu ishni mutaxassis, akademiyadagi murabbiy va xodimlar bilan hamkorlikda bajaradi.

Shuhrat Maqsudov bildirilgan ishonchga javoban shunday dedi:
- Ayni paytda murabbiylar bo‘yicha axil jamoa shakllanganligi mening ishimni oson kechishiga turtki bo‘ladi. Qolaversa, klub rahbariyatini avvalgi yillarga qaraganda maoshlarni oshirgani va qarzdorlik yo‘qligi, biz va jamoamizga faqat to‘g‘ri, vijdonan ishlash kerakligini anglatadi. Haqiqatdan, aytganilardek, tez kunlarda klubimizga yangi akademiya quriladigan bo‘lsa, unda asosiy jamoaga yetkazib beradigan futbolchilarimizning saviyasi ancha baland bo‘ladi.

Ayni paytda "Paxtakor" futbol klubi o‘z akademiyasini jahon standartlariga xos tarzda yangitdan bunyod qilish bo‘yicha ish olib boryapti" - deyilmoqda "Paxtakor"ning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 11:47, 28.04.2023.
O'qildi: 2270 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.