Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kevin De Bryuyne va Lionel Messi: ularning qay biri joriy mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda?

Kevin De Bryuyne va Lionel Messi: ularning qay biri joriy mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda?

Baho:
+ | -

De Bryuyne va Messining dunyodagi eng yaxshi pleymeyker ekanligiga shubha yo‘q. Ammo ularning qay biri mavsumni yaxshiroq sur’atda o‘tkazmoqda? Mana shu muhim savoldir. Ushbu futbolchilarning har ikkisi Yevropada eng ko‘p assist qayd etgan. Buning hayratlanarli joyi yo‘q. Jumladan, Argentina bilan Qatardan mundial g‘olibi bo‘lib qaytgan Messi, "PSJ" safida ham omadli o‘yinlarini davom ettirdi. Messi uchun o‘tgan mavsum og‘ir kelgandi. Ammo u bunisida o‘zini yana tiklab oldi. Fransiya chempionatining o‘zida argentinalik afsona 15 ta assist va 15 ta golga mualliflik qildi. Hozirda "PSJ" navbatdagi chempionlik tomon ketmoqda. Mavsum oxirida parijliklar Liga 1 da zafar quchsa, Bu Messi faoliyatidagi 12 yirik titul bo‘ladi.

Messini ko‘plab futbol muxlislari dunyodagi eng yaxshi pleymeyker deb biladi. Ammo bu nom uchun boshqa nomzodlar ham bor. Masalan, Kevin De Bryuyne Messi bilan bu kurashda kuch sinasha oladi. "Manchester Siti" yulduzi joriy mavsumda o‘ta kuchli harakat qilmoqda. U o‘z klubiga ilk treblni yutishda katta yordam berishi mumkin. Belgiya terma jamoasi sardori haqida Gvardiola shunday degan edi:
"Kevin ‐ o‘ziga xos futbolchi. Bugungi o‘yinda raqibdan kuchli pressing kutgandik. Bosim bo‘lganida uzoqqa to‘p oshirish kerak bo‘ladi. To‘pni Kevin bilan olib qo‘yib, Erlingga oshiramiz. Bu ikkisi raqiblar darvozasiga katta xavf sola oladi".
De Bryuyne "Arsenal" bilan har ikki davrada gol va assistga mualliflik qilgan edi. Quyida Messi va De Bryuynening natijalariga batafsilroq to‘xtalamiz.

Kevin De Bryuyne

APLda
O‘yinlar: 29 ta
Gollar: 7 ta
Assistlar: 16 ta
Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0.24
Har bir o‘yinda o‘rtacha assist: 0.55
Gollarda ishtirok etish: 0.79
Har bir o‘yinda zarba berish: 2.2


YECHLda
O‘yinlar: 7 ta
Gollar: 1 ta
Assistlar: 4 ta
Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0.14
Har bir o‘yinda o‘rtacha assist: 0.57
Gollarda ishtirok etish: 0.71
Har bir o‘yinda zarba berish: 3.3

Lionel Messi

Liga 1'da
O‘yinlar: 27 ta
Gollar: 15 ta
Assistlar: 15 ta
Har bir o‘yinda o‘rtacha gol: 0.55
Har bir o‘yinda o‘rtacha assist: 0.55
Gollarda ishtirok etish: 1.11
Har bir o‘yinda zarba berish: 4.1

YECHLda
O‘yinlar: 7 ta
Gollar: 4 ta
Assistlar: 4 ta
Har bir o‘yinda o‘rtacha zarba: 1.6 ta
Imkoniyatlar yaratish: 2.6 ta
Dribling: 0.9 ta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:09, 28.04.2023.
O'qildi: 2095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.