«Uotford» hujumchisi Joau Pedru faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettiradi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 21 yoshli braziliyalik futbolchining yangi joyi «Brayton» bo‘ladi.
Tomonlar yozgi transfer oynasi ochilgandan so‘ng yakuniga yetadigan kelishuv bo‘yicha kelishib olishdi.
Pedruning transferi uchun «Brayton» rahbariyati 30 million funt (34 million yevro) to‘laydi. Bu klub tarixidagi rekord xarid bo‘ladi.
Pedru 2020 yil qishidan beri «Uotford» sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchi joriy mavsum chempionshipda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.