Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Eron CAFA Nations Cup-2023 musobaqasidan chiqib ketadimi?

Eron CAFA Nations Cup-2023 musobaqasidan chiqib ketadimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Eron matbuoti iyun oyida ilk marta o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi musobaqasini kuchsiz turnir deya hisoblamoqda. Shu bois, terma jamoadan ushbu turnirda ishtirok etmaslikni so‘ramoqda.

Jumladan, "Tehran Times" nashri bu haqda quyidagicha yozdi:

"Eron terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga tayyorgarlik bosqichi doirasida CAFA Nations Cup-2023 turnirida ishtirok etmoqchi, ammo ushbu musobaqa terma jamoaning tayyorgarligiga u qadar foyda bermaydi.

Federasiya imkon qadar tezroq CAFA Nations Cup-2023 musobaqasidan chiqib ketishini e’lon qilishi kerak. Boisi, undagi jamoalar kuchli emas. Uning o‘rniga Amir G‘alinoiy boshqaruvidagi jamoa kuchli jamoalar bilan bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazgani ma’qul.

Shubhasiz, Mehdi Tarimiy, Sardor Azmun, Alirizo Jahonbaxsh va Allohyas Sayyodmanesh kabi eronlik yulduzlar yuqoridagi sabab tufayli CAFA Nations Cup-2023 turnirida ishtirok etmoqchi emas.

Rossiya terma jamoasi turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi. Musobaqada qatnashishdan maqsad bo‘lishi zarur. Osiyo kubogiga tayyorgarlik yo‘lida esa CAFA Nations Cup-2023 yaxshi musobaqa emas".

Eslatib o‘tamiz, CAFA Nations Cup-2023 musobaqasi 9-21 iyun kunlari Toshkent va Bishkek shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Eron Afg‘oniston va Qirg‘iziston bilan birgalikda "B" guruhidan o‘rin olgan. "A" guruhida esa O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalari bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:37, 29.04.2023.
O'qildi: 2903 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик