"Ayaks" himoyachisi Yurriyen Timber yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishini aytdi.
“Mening transferim yaqinlashmoqda. Yozda qilinadigan ishlar ko‘p. O‘tgan yozda "Ayaks" mendan shartnomamni uzaytirishimni va yana bir mavsum qolishimni so‘radi. Men buni klubga bo‘lgan muhabbatim uchun qildim", - deya Timber so‘zlarini keltiradi De Telegraaf.
21 yoshli niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













