Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Frankfurtning "Ayntraxt" klubi bu yozda hujumchi Randal Kolo-Muanini sotish niyatida emas.
Klub “Bavariya”ning qiziqishidan xabardor, biroq ular fransiyalik futbolchini yana bir yil jamoada saqlab qolishni va Yevro-2024dan keyin uni sotishni istashmoqda.
60-70 million yevrolik takliflar endi ko‘rib chiqilmaydi, nemislar faqat “aqldan ozgan” so‘rovlarga e’tibor berishadi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 40 o‘yinda 20 gol va 14 golga assistentlik qildi.













