Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

"Yuventus"ni kimlar tark etishi mumkin

"Yuventus"ni kimlar tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

“Yuventus” tomonidan yozgi transfer oynasida jamoani tark etadigan futbolchilar nomi e’lon qilindi. Ulardan ba’zilarini yaxshigina pulga sotish imkoni mavjud. Keling ular kimlar ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Leandro Paredes (Argentina, yarim himoyachi, 28 yosh)

Rahbariyat Paredesning o‘yinidan norozi, shuning uchun italyan klubi uni "PSJ"dan sotib olmaydi. Leandro Fransiyaga qaytadi va u yerda uning taqdiri nihoyat hal qilinadi.

Anxel Di Mariya (Argentina, vinger, 35 yosh)

Ammo Di Mariyada hali ham “Yuventus”da qolish imkoniyati bor. Jurnalistlarning fikricha, futbolchi shartnomani bir yilga uzaytirishi mumkin, biroq bu hali sodir bo‘lgani yo‘q.

Voysex Shesniy (Polsha, darvozabon, 33 yosh)

So‘nggi paytlarda Shchesnining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tobora kuchayib bormoqda, shuning uchun Italiyada ular uni Marko Karnesekki yoki Vikario bilan almashtirmoqchi. Voysexning o‘ziga "Tottenxem" qiziqmoqda.

Dushan Vlaxovich (Serbiya, hujumchi, 23 yosh)

Dushan Vlaxovich Turinda qoladimi, yo‘qmi, bu katta intriga. Jamoa futbolchiga umid bog‘layotgan bo‘lsa-da, u hali ham "Arsenal"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lob qolmoqda. Ammo uning uchun kurashga "Real" ham qo‘shilishi mumkin.

Ueston Makkenni (AQSH, yarim himoyachi, 24 yosh)

Makkenni yil boshida "Lids"ga ijaraga berildi, uning shartnomasi mavsum oxirigacha davom etadi. Agar inglizlar uni bonuslar bilan birga 33 million yevroga sotib olishga qaror qilsalar, UYEston Italiyaga qaytmaydi.

Adriyen Rabyo (Fransiya, yarim himoyachi, 28 yosh)

Rabyo “Yuve”ni tark etib, “PSJ”ga qaytishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda. Biroq Adriyenga Angliyaning bir qator klublari – “Tottenxem”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgan.

Aleks Sandro (Braziliya, himoyachi, 32 yosh)

Sandro keyingi mavsumda "Yuventus"ga foydali bo‘lmaydi. Klub yozda futbolchini sotishga tayyor. A Seriyaning ushbu mavsumida u 22 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta samarali harakat qildi.

Xuan Kuadrado (Kolumbiya, yarim himoyachi, 34 yosh)

Kuadradoning rahbariyat bilan aloqalari yomonlashgan. Italiya kubogi yarim finalida “Inter” bilan o‘yinda mushtlashuv sabab vaziyat yana-da keskinlashgan bo‘lishi mumkin. Futbolchi "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 18:13, 30.04.2023.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик