Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 0-0 Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Gnabrini "Arsenal"ga qaytaramiz: APLga qaytishga loyiq bo‘lgan besh futbolchi

Gnabrini "Arsenal"ga qaytaramiz: APLga qaytishga loyiq bo‘lgan besh futbolchi

Baho:
+1 | -

Yozgi transferlar oynasi yaqinlashib kelar ekan, hammada bir xil savollar paydo bo‘lmoqda: qanday qilib "Liverpul" o‘z yarim himoyasini yaxshilaydi, qaysi holatda "Nyukasl" YECHLga qaytishni amalga oshiradi, qay uslubda "Arsenal" yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi? Ammo hozir bu haqida emas. Biz o‘tmishda bir muddat APLda porlagan, ammo keyinchalik boshqa ligalarda harakat qilayotgan futbolchilar to‘g‘risida gapirmoqchimiz. O‘sha futbolchilar ichida shundaylari borki, ular yana APLga qaytishga loyiqdir.

Matteo Genduzi ("Marsel")

Fransiya terma jamoasi a’zosi kuchli talantga ega. Ammo Genduzining yomon xulqi va qiziqqonligi, oxir-oqibat uni jamoadan uzoqlashtirgan edi. "Arsenal" uni avvaliga ijaraga beradi. Keyinchalik esa "Marsel" uni butunlay sotib olgandi. Genduzi 2022-23 yilgi mavsumni o‘z jamoasidagi muhim figura sifatida o‘tkazmoqda. Uning o‘yinidagi o‘sish, futbolchini yana APLga qaytara oladi. Unga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Unai Emeri sobiq shogirdini o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.

Fikayo Tomori ("Milan")

"Milan"ni Italiya chempioni qilishda yordam bergan futbolchi, endi o‘z jamoasi bilan YECHL yarim-finaliga chiqdi. Tomorining yorqin o‘yinlari, uni APLga qaytishini muqarrar qilib qo‘ymoqda. Uni o‘z vatanida yana "Chelsi" chorlamoqda. Jamoa egasi Todd Boeli Tomori uchun 100 million sarflashdan ham toymaydi. Negaki, 25 yoshli futbolchida bugungi kunda himoyachilar uchun kerak bo‘lga barcha xususiyat mavjud. Ikki yil oldin Tomori atigi 25 million funtga "Milan"ga sotilgandi.

3. Mavropanos ("Shtutgart")

"Arsenal" hech qachon Konstantinos Mavropanosga o‘zi loyiq bo‘lgan narsani bermagan. Himoyachi 4 yil jamoada bo‘lgan bo‘lsa, faqat sakkiz martagina maydonga tushiriladi. Oxir-oqibat gresiyalik futbolchi 2020 yilda 4.5 millionga sotilgan edi. Ayni damda Mavropanos 15 million funtga baholanmoqda. Unga "Vest Xem" qiziqish bildirgan.

4. Tammi Abraxam ("Roma")

Tomoridan keyin yana bir "Chelsi"ning sobiq vakili paydo bo‘ladi. Abraxam ham Italiyada ajoyib davr o‘tkazmoqda. "Chelsi" bir paytlar uni "Roma"ga pullagan edi. Bunga sabab esa Romelu Lukakuni sotib olish bo‘lgan. Endi qarang, kimning qarori to‘g‘ri chiqdi? Abraxam uchun joriy mavsumda 8 ta gol ura oldi xolos. Buni o‘tgan yilgi 27 ta golga qiyoslab bo‘lmaydi. 23 yoshli hujumchiga Angliyada "MYU", "Chelsi"ning o‘zi va "Arsenal" qiziqish bildirgan.

5. Serj Gnabri ("Bavariya")

Mish-mishlarga ko‘ra, "Bavariya" Gnabrini bu yozda sotishi mumkin. Bunday bo‘lishi haqiqatdan uzoq bo‘lsa ham, uning APLga qaytishi juda ham ajoyib bo‘lardi. Hozirgacha 27 yoshli hujumchi myunxenliklar uchun 213 ta o‘yinda 76 ta gol va 50 ta assistni amalga oshirdi. "Chelsi" u uchun yana hozir bo‘ladi. Shuningdek, boshqa jamoalardan "Real", "Barselona" va "PSJ" nemis futbolchisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 22:45, 30.04.2023.
O'qildi: 1902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.