"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma Fransiya chempionatining 33-turi doirasidagi uy uchrashuvida "Loryen"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi. Parijliklar sensasion tarzda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
"PSJ"da inqiroz bormi? Mutlaqo yo‘q. Ammo biz juda xafa va g‘azabdamiz. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqchi edik, ammo, afsuski, muxlislarimiz oldida yana ochko yo‘qotdik”, — deya italiyalik darvozabonning so‘zlarini keltiradi Get French Football News.
Fransiya chempionati yakunlanishiga besh tur qolganida parijliklar eng yaqin ta’qibchidan besh ochkoga oldinda.