Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

"Neftchi" ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bo‘yicha raddiya berdi

"Neftchi" ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bo‘yicha raddiya berdi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" klubi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga raddiya berdi.

"Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va aniq manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar ba’zan yolg‘on xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan so‘zlar quloqqa chalinadi.

"Sariq" matbuotdagi mish-mishlar (feyk) asosan jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir. 

Kuni kecha "Facebook"  ijtimoiy tarmog‘ida "Neftchi" futbol klubi qarzdorligi ko‘pligi sababli jamoaning faoliyati tugatildi", degan sarlavha  ostida yolg‘on ma’lumotlarga to‘la, mish-mishlarga asoslangan post qoldirildi. Ushbu maqola orqali "Neftchi" PFK faoliyati bo‘yicha asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot berilgan.

"Neftchi" PFK O‘zbekiston Professional futbol ligasining reglamentiga to‘liq rioya qilgan holda hozirda O‘zbekiston Professional futbol ligasining Superliga musobaqasida qatnashmoqda. Hozirgi kunda jamoa futbolchilari oldida oylik maoshlardan qarzdorligi yo‘q. Ushbu maqolada faqat yolg‘on va mish-mishlarga urg‘u berilgan bo‘lib, ma’lumotlar esa hech qanday asoslarga ega emas. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqolada ko‘rsatilgan gap-so‘zlar klubni faqat obro‘sizlantirish uchun qilingan bo‘lib, futbol muhlislaridan bunday asossiz maqolaga ishonch bildirmasliklarini so‘raymiz. Zero, klubning bosh maqsadi, Farg‘ona futbolini yuqori marralarga olib chiqish, avvalgi mavqeini tiklash va medallar uchun kurashishga qaratilgan.

Aniq faktlarga ega bo‘lmagan maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha Sud organlariga da’vo kiritilishi haqida ma’lum qilamiz" - deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Kiritildi: 14:49, 01.05.2023.
O'qildi: 2977 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.