Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Real Madrid» o‘zi uchun noqulay raqib «Real Sosyedad»ga qarshi (prevyu)

«Real Madrid» o‘zi uchun noqulay raqib «Real Sosyedad»ga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun La Liga 33-turi doirasida «Real Sosyedad» o‘z maydonida «Real Madrid»ni qabul qiladi. «Qirollik klubi» ayni dam turnir jadvalida birinchi o‘rindagi «Barsa»dan 11 ochkoga ortda. San-sebastyanliklar esa 4-pog‘onani band etgan va eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.

«Real Sosyedad»

Bask derbisida jamoa 15 aprel kuni «Atletik»ka yutkazdi. Shundan so‘ng «Rayo» va «Osasuna» mag‘lub etilgan bo‘lsa, «Betis» bilan durang o‘ynaldi. Imanol Alguasil jamoasini «Vilyarreal» ta’qib qilib kelmoqda, «sariq suvosti kemasi» «Real Madrid»ga ishongan holda hamshaharlari bilan oradagi farqni 5 ochkoga qisqartirishlari mumkin. Agar «Sosyedad» mavsum oxirigacha kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolsa, bu ularning 10 yil ichidagi eng yaxshi natijasi bo‘ladi. Jamoa so‘nggi 3 mavsumning 2 tasida 6-o‘rinni band etgan. Joriy mavsum 15 ta uy uchrashuvida 28 ochko to‘plandi. Shunga qaramay «Real Sosyedad» «qaymoqranglilar»ga qarshi 16 ta safar bahsida 31 ochko jamg‘ara olishgan. Bu «Barsa»dan keyingi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.

«Real Madrid»

Madridliklar o‘tgan hafta «Jirona»dan uchralgan 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan yaxshi xulosa chiqarishdi va shanba oqshomida «Almeriya»ni xuddi shu hisobda taslim etdi. Uchrashuvda Benzema xet-trik qayd etgan bo‘lsa, klubning yana bir goliga Rodrigo mualliflik qildi. Natijada «Real» 32 bahsda 68 ochko to‘plagan holda «Barsa» bilan 11 ochkolik farqni yuzaga keltirgan. Agar qandaydir g‘ayrioddiy mo‘’jiza yuz berib qolmasa, Xavi jamoasi oldindagi 6 ta o‘yinni juda yengil o‘tkazib oladi. Turnir jadvali nuqtayi nazaridan garchi «Real» «Atletiko» bilan 2-o‘rin uchun kurashayotgandek tuyulsada, Anchelotti hamda uning shogirdlari bor e’tiborini ayni dam mamlakat kubogi hamda YECHLga qaratgan. «Osasuna» hamda «Man Siti»ga qarshi o‘yinlar mos ravishda 6 va 9 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bu ikki jamoaning yanvardagi «Bernabeu»da kechgan o‘yinida 0:0 hisobi qayd etilgan. Biroq «Los Blankos» san-sebastyanliklarga ichki liga doirasida 2019 yil maydan beri yutqazmayapti.

Yangiliklar

«Real Sosyedad»ga bugun Diyego Riko, Sodiq Umar hamda Martin Merkelyans yordam bera olmaydi. Oyarsabal, Sarlot hamda Mendes bugungi bahsga tayyor.

«Qirollik klubi» esa bugun Mendi, Alaba hamda Modrich yordamlaridan foydalana olmaydi. Kurtua hamda Benzema «Almeriya» bilan o‘yinda safga qaytgan edi. Vinisius va Kamavinganing bugungi ishtiroki esa so‘roq ostida. Katta ehtimol Vinining o‘rnini Rodrigo egallaydi. Anchelotti muhim uchrashuvlar oldidan rotasiya qilishi mumkin va bugun Nacho, Asensio, Karvaxal hamda Valverdeni maydonda ko‘rishmiz ehtimoli ham mavjud.

Kiritildi: 16:07, 02.05.2023.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.