Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Bavariya" Uotkins bo‘yicha muzokaralarga shoshilmayapti

"Bavariya" Uotkins bo‘yicha muzokaralarga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsning transferi bo‘yicha faol ish boshlashga shoshilmayapti. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, ayni damda “qizil mashina”ning angliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini juda sovuq deb atash mumkin, chunki klubda hujumchi o‘rnini mustahkamlash uchun boshqa ustuvor imkoniyatlar mavjud.

"Aston Villa", o‘z navbatida, Uotkinsni qo‘yib yuborishni istamayapti va futbolchiga maoshi oshirilgan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilib, uni saqlab qolish niyatida. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Olli APLda 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Bavariya" yangi hujumchi uchun 100 million yevrogacha sarflashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 17:36, 02.05.2023.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик