"Yuventus" bosh murabbiyi Massimo Allegri yarim himoyachilar Anxel Di Mariya va Adriyen Rabyoning shartnomalari haqida gapirdi.
"Keyingi mavsum nima bo‘lishini bilmayman, bu haqda mavsum tugagach o‘ylaymiz. Chempionlar ligasi zonasiga kira olamizmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmaymiz va bu ularning kelajagi uchun hal qiluvchi omil. Hozirda biz keyingi 32 kun ichida nima qilishimiz kerakligiga e’tibor qaratishimiz kerak. Shundan so‘ng biz vaziyatni eng yaxshi tomondan baholaymiz", - deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Adriyen Rabyo va Anxel Di Mariyaning shartnomalari 2023 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.