Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

“PSJ” Messini ikki haftaga diskvalifikasiya qildi. Hammasi Saudiya Arabistoniga xizmat safari tufayli

“PSJ” Messini ikki haftaga diskvalifikasiya qildi. Hammasi Saudiya Arabistoniga xizmat safari tufayli

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi ikki haftaga diskvalifikasiya qilindi. RMC Sport xabariga ko‘ra, argentinalik bosh murabbiy Kristof Galtiyer va sport direktori Luish Kampush bilan kelishuvga e’tibor bermay, Yaqin Sharqqa uchib ketgan.

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Liga 1 33-turidan o‘rin olgan “PSJ” – “Loryen” (1:3) uchrashuvi yakunlanganidan bir necha soat o‘tib, Messi uchib ketishi kerak bo‘lmasa-da, Saudiya Arabistoniga borgan. Futbolchi Galtye va Kampushdan ruxsat so‘ragan, lekin ular Saudiya borgan taqdirda jamoa azolarining jahli chiqishini qayd etgan. Uchrashuvdagi jamoaning mag‘lubiyati ham umumiy vaziyatga ta’sir qilgan.

Lekin Messi baribir qarorini o‘zgartirmagan. Biroq, Goal.com'ning xabar berishicha, Leo “PSJ”ning qatarlik boshliqlarining roziligini olgan. Futbolchi o‘z iltimosi bilan Kampush va Galtyening buyrug‘ini buzdimi? Unday bo‘lmagan taqdirda ham murabbiy va bosh direktorni noqulay ahvolga solib qo‘ydi va balki ularni jamoa oldida obro‘sizlantirdi. Lionel dushanba kuniga belgilangan mashg‘ulotni ham o‘tkazib yubordi.

Messi Saudiya Arabistoniga nima uchun bordi?

Leo Yaqin Sharqda bir necha kunni o‘tkazadi. Ushbu sayohat argentinalikning Saudiya Arabistoni turizm elchisi sifatidagi majburiyatlarini bajarishning bir qismidir.

Messi qanday jazolandi?

Messining xatti-harakati “PSJ” futbolchilariga yoqmadi. Ba’zilar Leoning ruxsat etilmagan safari klub tizimiga bo‘lgan hurmatsizlik deb baholadi. Birinchi navbatda shaxsiy biznes, keyin esa jamoa qarori futbolchilarga yoqmagani aniq. Xullas, jazo o‘zini uzoq kuttirmadi: “PSJ” futbolchini ikki haftaga diskvalifikasiya qildi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi “Trua” (7 may) va “Ayachcho” (13 may) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Parijliklarning so‘nggi o‘yinlarda muntazam mag‘lubiyatga uchragani va “Marsel”dan atigi 5 ochkolik farqni inobatga olsak, Messining ikki turda yo‘qligi chempionlik yo‘liga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 35 yoshli yulduzning “PSJ” bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Balki bularning barchasi “Barselona”ga qaytish uchundir?

Kiritildi: 11:25, 03.05.2023.
O'qildi: 2255 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик