Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL. «Liverpul» – «Fulxem». Prevyu

APL. «Liverpul» – «Fulxem». Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun tunda APL 28-turining qoldirilgan bahsi doirasida «Liverpul» o‘z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi. «Qizillar» bu turga ketma-ket 5 ta g‘alabalik seriya bilan tashrif buyuradi. Bundan oldingi turda Klopp shogirdlari «Tottenxem» ustidan irodali g‘alabaga erishgan bo‘lsalar (4:3), Marko Silva jamoasi «Man Siti»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Liverpul»

«Qizillar»da ayni dam 4-o‘rindagi «MYU» bilan farq 7 ochkoni tashkil qiladi. Buning ustiga «qizil iblislar» bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Shu bois «Liverpul» muxlislarining YECHL zonasiga bir amallab kirib olishlari juda ham qiyin. Jamoa 5 ta g‘alabali seriyada ham har bir uchrashuvda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan, «Enfild»dagi mag‘lubiyatsiz seriya esa 9 ta o‘yinga yetgan.

«Fulxem»

O‘tgan turda Silva shogirdlari amaldagi chempionga qarshi unchalik yomon o‘ynamadi. Karlos Vinisius hisobni tenglashtirganda «Fulxem» muxlislarida ochko olish umidi paydo bo‘lgan edi. Biroq Xulian Alvares bunga imkon bermadi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar jamoaning yevrokuboklar uchun ishonchini tushirib yubordi. Hozirda «Fulxem» «Kristal Pelas»dan 5 ochko oldinda bo‘lsa, «Brentford»dan xuddi shuncha ball pastda. Natijada jamoa shunga monand 10-o‘rinni egallab turibdi. Biroq yuqorida sanalgan har ikki klub ham «Fulxem»dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan. «Everton» hamda «Lids» ustidan qozonilgan g‘alabalarni aytmaganda «kottej egalari» so‘nggi 9 ta bahsning 7 tasida yutqazishdi. Buning ustiga fevraldan beri «klin shit» ushlay olmay keladi. Bu «Enfild»ga safar oldidan yaxshi statistika emas. Biroq «Fulxem» «Liverpul»ga qarshi so‘nggi 3 ta bahsda mag‘lub bo‘lmayapti. Avgustda «Kreyvn Kottej»dagi o‘yin 2:2 hisobi bilan tugagan bo‘lsa, o‘tgan mavsum jamoa «Enfild»da 1:0 hisobida raqibini yutgan. Agar bugun ham mersisaydliklarga qarshi uchrashuvda ochko olinsa, o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriya 4 taga yetadi hamda 56 yil avvalgi natija takrorlanadi.

Yangiliklar

«Liverpul»da Kloppning o‘zi o‘tgan turda g‘alabani nishonlash chog‘ida kichik jarohat olgan edi. O‘yinchilarga kelsak, Firmino, Keyta, Baychetich hamda Remzi bugun «qizillar»ga yordam bera olmaydi. Dias yo‘qligi uchun Nunyesga imkon berilmoqda. Tiagoning ishtiroki esa so‘roq ostida.

«Fulxem» safida «Man Siti»ga qarshi bahsda Tim Rim hamda Andreas Pereyra jarohat olgan. Ularning safida Mitrovich hamda Kurzava bor.

Kiritildi: 15:46, 03.05.2023.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик